Qo'shilgan qiymat solig'ini Reja


Download 71.5 Kb.
bet1/4
Sana04.04.2023
Hajmi71.5 Kb.
#1325582
  1   2   3   4
Bog'liq
Qo\'shilgan qiymat solig\'ini


Qo'shilgan qiymat solig'ini
Reja:
1. Qo'shilgan qiymat solig'i.

2. soliq organlarida qo‘shilgan qiymat solig‘i


Vazirlar Mahkamasining “Uchinchi shaxslarga soliq to‘lovchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish chora-tadbirlari haqida” 2021-yil 19-avgustdagi 529-son qaroriga muvofiq, soliq sirini tashkil etmaydigan ma’lumotlar va hisob ma’lumotlarni yuridik va jismoniy shaxslarga taqdim etish tizimi joriy etilishi belgilanganligi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 10-iyuldagi PQ-4389-son qaroriga muvofiq, qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi haqiqatda olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini hisobga olish huquqi paydo bo‘lishi uchun belgilangan tartibda soliq organlarida maxsus ro‘yxatdan o‘tishi shartligi;
qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza soliq organlariga belgilangan tartibda va muddatlarda taqdim etilganda O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 219-moddasida belgilangan javobgarlik choralari qo‘llanmasligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining quyidagilar:
xavfga asoslangan yondashuvni qo‘llash amaliyotini qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarni soliq organlarida maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish tartib-taomillariga tatbiq etish bilan kengaytirish;
intizomli soliq to‘lovchilarga o‘rni qoplanishi lozim bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini qaytarishni tezlashtirilgan tartibda amalga oshirish;
intizomli soliq to‘lovchilarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tahlika-tahlil dasturi asosida shakllantirish hamda o‘zining rasmiy veb-saytida e’lon qilib borish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
a) qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarni soliq organlarida maxsus ro‘yxatdan o‘tkazishda:
qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan o‘tish to‘g‘risida arizalar yetti kun ichida ko‘rib chiqilishi;
soliq organlari tomonidan arizani ko‘rib chiqish natijalari belgilangan muddatda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchiga taqdim etilmaganda, unga maxsus ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma avtomatik ravishda berilishi nazarda tutiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
b) 2023-yil 1-martdan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilar va ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘proq miqdorda bo‘lgan yuridik shaxslar uchun quyidagilar majburiy hisoblanadi:
(3-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 471-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2022-y., 09/22/471/0767-son)
xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va tovar-moddiy resurslarni hisobga olish (sotib olish (qurish), ishga tushirish, qayta baholash, tasarruf etish) hamda o‘z ustav fondini (ustav kapitalini) shakllantirish va kamaytirish bilan bog‘liq barcha operatsiyalarni davlat soliq organlarining “E-aktiv” avtomatlashtirilgan axborot tizimida aks ettirish;
xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan xo‘jalik faoliyati davomida tovar-moddiy zaxiralar saqlash muddati tugagach yaroqsizligi, jismonan va ma’nan eskirganligi natijasida yo‘q qilinganda va kamomad, yo‘qotish yoki shikastlanish (sinish, bo‘linish) sababli hisobdan chiqarilganda uch ish kunidan kechiktirmasdan “E-aktiv” avtomatlashtirilgan axborot tizimida aks ettirish.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi 2023-yil 1-yanvarga qadar mazkur tartiblar barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun majburiyligini belgilash bo‘yicha asoslantirilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
v) 2022-yil 1-yanvardan boshlab:
yuridik shaxslar tomonidan ko‘chmas mulkni ijaraga berish (olish) yoki tekin foydalanish shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yiladi. Bunda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ko‘chmas mulkni ijaraga berish yoki tekin foydalanish shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarining elektron tizimlarida hisobga qo‘yish masofadan turib faqat elektron shaklda amalga oshiriladi;
davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilmagan shartnomalar asosida ijaraga olingan yoki tekin foydalanilayotgan ko‘chmas mulk obyektlarida saqlanayotgan tovar-moddiy zaxiralar qoldiqlari sanoqdan (inventarizatsiyadan) o‘tkazilmaydi va soliq solish maqsadlarida soliq to‘lovchining omborida mavjud emas deb baholanadi.
4. Belgilansinki:
Davlat xizmatlari markazlari yuridik shaxslarni davlat kadastr ma’lumotlari bazasidan — ariza beruvchiga ko‘chmas mulk tegishliligi, shuningdek, soliq organlari ma’lumotlar bazasidan — ijara shartnomasi yoki tekin foydalanish shartnomasi mavjud bo‘lgan holdagina ro‘yxatdan o‘tkazish yoxud qayta ro‘yxatdan o‘tkazishga yo‘l qo‘yiladi hamda ushbu ma’lumotlar bazalaridan qat’iy foydalanish ta’minlanadi;
ariza beruvchi Internet jahon axborot tarmog‘i orqali O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida tadbirkorlik subyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yoki qayta o‘tkazishda, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan joyini ushbu bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan soliq va kadastr ma’lumotlar bazalaridan qat’iy foydalanadi;
yangi ro‘yxatdan o‘tayotgan yuridik shaxslar davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilgan ko‘chmas mulk ijarasi yoki tekin foydalanish bo‘yicha dastlabki shartnoma ma’lumotlari asosida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Bunda yuridik shaxslar davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanadan boshlab o‘n kun muddatda arizada ko‘rsatilgan yoxud boshqa ko‘chmas mulk ijarasi yoki tekin foydalanish shartnomasini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yishlari shart bo‘lib, mazkur shartni bajarmaslik yuridik shaxs o‘zi ko‘rsatgan joylashgan erida (pochta manzilida) yo‘q deb e’tirof etish uchun asos bo‘ladi.
5. Quyidagilar:
a) quyidagilarni nazarda tutuvchi Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarini soliq organlarida maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq:
qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarini maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha harakatlar ketma-ketligi va tartibi;
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi talablariga asosan majburiy tartibda maxsus ro‘yxatdan o‘tkaziladigan qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari ro‘yxati, shu jumladan, qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarini maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish uchun arizani soliq organiga yuborish muddatlari;
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi talablariga asosan ixtiyoriy tartibda maxsus ro‘yxatdan o‘tkaziladigan qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari ro‘yxati, shu jumladan, qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarini maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish uchun arizani soliq organiga yuborish muddatlari;
qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarini maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizalarni ko‘rib chiqish tartibi va muddatlari, shuningdek, axborot tahlili natijalariga ko‘ra soliq to‘lovchilarning xavf guruhlariga (soliq xavfining yuqori, o‘rta hamda past darajasi) kiritish tartibi;
qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisini soliq xavfi guruhlaridan biriga kiritilganligi asosida maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilishning tartibi va muddatlari;
soliq to‘lovchiga soliq organi tomonidan beriladigan qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi guvohnoma amal qilishini to‘xtatib turish, bekor qilish, amal qilishini tugatish asoslari va tartibi;
b) inson omili ishtirokini minimallashtirish bilan intizomli soliq to‘lovchilarga qulay sharoitlar yaratish va ular faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan Qo‘shilgan qiymat solig‘i ma’muriyatchiligini takomillashtirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi:
a) bir oy muddatda:
Davlat soliq qo‘mitasining boshqaruv xodimlari shtatining umumiy cheklangan soni doirasida qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilar maxsus ro‘yxatdan o‘tkazilishida soliq xavfini tahlil qiluvchi hamda soliq imtiyozlari hisobini yurituvchi alohida maxsus tarkibiy bo‘linmalar tashkil etsin;
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ko‘chmas mulkni ijaraga berish (olish) va tekin foydalanish shartnomalarini soliq organlarida majburiy hisobga qo‘yish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning reglamentini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

Download 71.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling