Qo'shilgan qiymat solig'ini to'lash va hisob kitoblarni taqdim etish muddatlarini takomillashtirsh Reja
-bob. Maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizalarni ko‘rib chiqish
Download 83.5 Kb.
|
82.Qo\'shilgan qiymat solig\'ini to\'lash va hisob kitoblarni taqdim
4-bob. Maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizalarni ko‘rib chiqish
13. Soliq organi qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchining maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizasi kelib tushgan paytdan e’tiboran yetti kun ichida soliq xavfi darajasini aniqlash maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshirishga haqli: soliq to‘lovchining rahbari va ta’sischilari (ishtirokchilari) yoki moliyaviy boshqaruv vazifalarini amalga oshirayotgan shaxsning shaxsini o‘rganadi, bunda quyidagilarga e’tibor beriladi: muqaddam bankrot deb e’lon qilingan tashkilotda rahbar yoki ta’sischi bo‘lganligi; muqaddam soliq to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlaganlik uchun javobgarlikka tortilganligi yoki yuqori darajadagi tavakkalchilik toifasiga mansub bo‘lgan tashkilotda rahbarlik yoki ta’sischilik (ishtirokchilik) amalga oshirilganligi; rahbarning rasmiy oladigan daromadlari; arizada ko‘rsatilgan shaxslar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari Yagona milliy mehnat tizimida mavjudligi; ta’sischi (ishtirokchi) to‘g‘risida ma’lumotlar soliq organining ma’lumotlar bazasida mavjudligi; joyiga chiqqan holda soliq to‘lovchi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan manzilda haqiqatda joylashganligini, shuningdek, ko‘rsatilgan manzilning manzil-ma’lumot byurosi ma’lumotlari bo‘yicha haqiqatda mavjudligini o‘rganadi; bank operatsiyalarini va hisobvaraq-fakturalarni soliq to‘lovchining faoliyat turiga hamda xususiyatlariga, shuningdek, xarid qilinayotgan va realizatsiya qilinayotgan tovarlar (xizmatlar) nomenklaturasiga mosligini o‘rganadi; tovarlar (xizmatlar) realizatsiya summalarini, soliq hisobotlari taqdim etilganligini va tovar-moddiy boyliklar qoldig‘ini tahlil qiladi; o‘z ko‘chmas mulki mavjud bo‘lmaganda, ijara shartnomasi mavjudligini hamda ushbu shartnoma soliq organida hisobga qo‘yilganligini tekshiradi; soliq to‘lovchi — yuridik shaxsda, shuningdek, uning ta’sischilari (ishtirokchilari) — yuridik shaxslarda soliq qarzi mavjudligini hamda amalda rahbar bo‘lib turgan shaxs tomonidan rahbarlik qilayotgan boshqa yuridik shaxsda soliq qarzi mavjudligi va soliq hisobotlari taqdim etilganligini tekshiradi; zarur ishlab chiqarish, savdo, ombor binolari va hududlari, shuningdek, soliq to‘lovchining faoliyat turidan kelib chiqqan holda boshqa zarur moddiy-texnika bazasi mavjudligi ahvolini o‘rganadi; soliq to‘lovchining joylashgan joyi manzilini, ya’ni soliq xavfi darajasi yuqori bo‘lgan bir nechta soliq to‘lovchilar ko‘rsatgan manzilda — nominal manzilda joylashishini o‘rganadi. Bunda mulk huquqi yoki ijara yoxud tekin foydalanish asosida bitta yuridik shaxsga o‘rtacha o‘n sakkiz kvadrat metrdan kam ma’muriy maqsadlarda foydalanayotgan maydon (ofis) to‘g‘ri kelsa nominal manzil deb e’tirof etiladi; soliq to‘lovchining tugatish jarayonida yoki soliq to‘lovchini qayta tashkil etishning boshqa jarayonlarida turganligi yoxud amalga oshirilganligi masalalarini tekshiradi; Download 83.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling