bekor qilingan guvohnomalar — ushbu Nizomning 9-bobida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra va tartibda bekor qilingan guvohnomalar;
guvohnoma — qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisiga soliq organi tomonidan beriladigan maxsus ro‘yxatdan o‘tkazilganligi va soliq qonunchiligi hujjatlarida belgilangan hollarda qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olish huquqini tasdiqlovchi elektron shakldagi hujjat;
Markaziy ma’lumotlar bazasi — Vazirlar Mahkamasining “Yuridik shaxslar, faoliyatini vakolatxona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va saqlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 4-sentabrdagi 539-son qarori talablariga muvofiq ishlab chiqilgan yuridik shaxslar, faoliyatini vakolatxona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda — Davlat soliq qo‘mitasi) Markaziy ma’lumotlar bazasi;
qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi — qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan o‘tgan yoki o‘tmaganligidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash majburiyati yuklatilgan shaxs;
qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish — qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilariga soliq xavfini tekshirish va tahlil qilish natijalariga ko‘ra maxsus ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnomani berish yoki rad etish bo‘yicha harakatlar ketma-ketligi;
tugatilgan guvohnomalar — ushbu Nizomning 9-bobida ko‘rsatilgan holatlarga asosan amal qilishi tugatilgan guvohnomalar;
to‘xtatilgan Guvohnomalar — ushbu Nizomning 8-bobida ko‘rsatilgan holatlarga asosan amal qilishi to‘xtatib turilgan guvohnomalar;
Do'stlaringiz bilan baham: |