Muallif: Fazliddin O‘taganov
https://t.me/Davlat_tili_uzbek_tili
28
→ Sizning qistovingiz bilan ko‘nishga ko‘nsam ham, o‘sha kundan beri o‘zimga
kelolmayman.
2. U bir narsa demoqchi bo‘lib geologlar tomonga o‘girildi. Lekin ular ancha olislab
ketishgan edi. (O‘. Umarbekov)
→_________________________________________________________________
→_________________________________________________________________
___________________________________________________________________
3. Xolang – savodsiz bir narsa, ammo yurt ko‘rgan xotin. (Said Ahmad)
→_________________________________________________________________
→_________________________________________________________________
4. Endi nima bo‘lib shundoq bo‘lganini aytib o‘tirishga fursatim yo‘q – idorada
odamlar kutib o‘tiribdi. (Abdulla Qahhor)
→_________________________________________________________________
→_________________________________________________________________
___________________________________________________________________
MATN VA LUG‘AT USTIDA ISHLASH
165-mashq. Quyida berilgan ergashgan qo‘shma gaplarni bog‘lovchisiz qo‘shma
gaplarga aylantiring va ular orasidagi farqlarni tushuntiring.
1. Kelinimga ko‘z tegmasin deb, isiriq tutatgandim. (O‘.Hoshimov)
→ Kelinimga ko‘z tegmasligini istagandim: isiriq tutatgandim.
2. Gazetani o‘qimagan bo‘lsangiz ham, mana, hammasidan xabardor ekansiz-ku.
(Erkin A’zam)
→ Gazetani o‘qimagansiz – hammasidan xabardor ekansiz-ku.
3. Suhbatingizga sira to‘ymayman, chunki qalbingiz, tuyg‘ularingiz, muhabbatingiz
ushbu qor singari beg‘ubor. (Xurshid Do Stmuhammad)
→ Suhbatingizga sira to‘ymayman, qalbingiz, tuyg‘ularingiz, muhabbatingiz ushbu
qor singari beg‘ubor.
4. Dam oluvchilar sayrga ketishgan, shuning uchun atrofda shovqin yo‘q edi. (Tohir
Malik)
→ Dam oluvchilar sayrga ketishgan, atrofda shovqin yo‘q edi.
5. Said G‘afforbek bunday murojaatni kutmagan edi, shu bois javobga shoshilib qoldi.
(Tohir Malik)
→ Said G‘afforbek bunday murojaatni kutmagan edi – javobga shoshilib qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |