Muallif: Fazliddin O‘taganov
https://t.me/Davlat_tili_uzbek_tili
25
→ Eshik ochildi, xonaga rassom kirib keldi.
→ Zal jim, xalq parda ochilishini kutar edi. (Abdulla Qahhor)
→ Gapning qisqasi yaxshi, Qisqasidan hissasi yaxshi.
→ Donning achchig‘i yaxshi, So‘zning – shirini.
→ Duo olgan omondir, Qarg‘ish olgan yomondir.
→ Yomon gap – bosh qozig‘i, Yaxshi gap – jon ozig‘i.
→ Yomon til boshga balo keltirar, Yaxshi til davlat, dunyo keltirar.
→ Mana, shohona bo‘lmasa-da, boshpana kulbamiz bor, tanishib olamiz,
gurunglashib chiqamiz.
→ Tashqarida sovuq zabtiga olgan, izg‘irin uvullab, qor bo‘ralab yog‘ardi.
→ Vaqt ham allamahal bo‘ldi, yigitlar, biz ham endi yotib uxlaylik. (T. Shomurodov)
→ Qattiq charchagan edim, nima deb javob berganimni bilmayman. (Said Ahmad)
→ Har kim xato qilishi mumkin, faqat nodongina o‘z xatosini tan olmaydi. (Sitseron)
→ Ikki dunyo ham mard va saxiylarniki, mard bo‘l, ikki olam bo‘lur seniki.
(Nizomulmulk)
→ Sabr bilan yumush bitar, sabrsizlar o‘z oyog‘idan ketar. (Sa'diy)
→ Zakovat qorong‘i tundagi mash’al kabidir, bilim nur taratuvchi yorug‘likdir. (Yusuf
Xos Hojib)
TIRE
Esda saqlang. Qo‘shma gap qismlari orasida o‘xshatish, zidlash, shart kabi
munosabatlar ifodalanganda, ular orasiga tire qo‘yiladi.
(Hamal keldi – amal keldi)
Misollar:
→ To‘rt mashina o‘g‘it yubordik – fermerlarga vaqtida taqsimlansin.
→ G‘animlar duch kelar – jang bo‘lar puxta. (A. Oripov)
→ Suv keldi – nur keldi. (Maqol)
→ Til bor – millat bor. Til yo‘q - millat yo‘q.
→ Qor yog‘di – don yog‘di. (Maqol)
→ Yurgan daryo – o‘tirgan bo‘yra. (Maqol)
→ Endi nima bo‘lib shundoq bo‘lganini aytib o‘tirishga fursatim yo‘q – idorada
odamlar kutib o‘tiribdi. (Abdulla Qahhor)
→ Qo‘shning tinch – sen tinch. (Maqol)
Do'stlaringiz bilan baham: |