ZAHAR-ZAQQUM – 1. Og‘u singari achchiq, kishi hayotini og‘ulaydigan, azobga
aylantiradigan narsa; holat. 2. Juda ham achchiq, iste’mol qilib bo‘lmaydigan. 3.
Kishiga qattiq botadigan, achchiq kinoya, piching, kesatiq.
RIZQ 1. Hayot uchun zarur ozuq, ozuqa, ovqat, nasiba. 2. Biror ish, harakat va shu
kabilar uchun asos bo‘lgan narsa, ozuqa, oziq. 3. Quro’ni karim, Islom diniga ko‘ra,
Xudo har bir kishi, jonivor uchun atagan, o‘lchab, belgilab qo‘ygan nasiba, ulush.
MATN VA LUG‘AT USTIDA ISHLASH
139-mashq. Matnni o‘qing. Ergashgan qo‘shma gaplarni aniqlab, ularga izoh bering.
Ona tiliga hurmat borasida suhbatlashing.
Tilimizdagi yana bir yengillik shuki, sanog‘i aytilgan narsalarni bildirgan
so‘zlarga ko‘plik qo‘shimchasilar qo‘shilmaydi. Bu mantiqan to‘g‘ri, chunki
sanoqning o‘zi ko‘plikni ifoda qiladi. Rus, ingliz tillarida sanog‘i ma’lum narsalarga
ham ko‘plik belgisi qo‘yiladi. Bu ikki til ta’sirida bizlarda ham o‘nta kitoblar, o‘n
ikkita kursilar deguvchi chala mullalar paydo bo‘ldi. Bu hol ona tilining fazilatini
bilmaslik, mensimaslikdir. (E. Vohidov)
→ Tilimizdagi yana bir yengillik shuki, sanog‘i aytilgan narsalarni bildirgan
so‘zlarga ko‘plik qo‘shimchasi -lar qo‘shilmaydi.
→ Qo‘shma gap turi: Kesim ergash gapli qo‘shma gap
→ Ko‘rsatish olmoshili ergashgan qo‘shma gap
→ Bu mantiqan to‘g‘ri, chunki sanoqning o‘zi ko‘plikni ifoda qiladi.
Muallif: Fazliddin O‘taganov
https://t.me/Davlat_tili_uzbek_tili
23
→ Qo‘shma gap turi: Hol ergash gapli qo‘shma gap
→ Ergashtiruvchi bog‘lovchili ergashgan qo‘shma gap
142-mashq. O‘.Hoshimovning quyidagi gaplarini epigraf qilib olib, “Shirin so‘z –
jon ozig‘i” mavzusida og‘zaki matn tuzing. Matnda qo‘shma gaplardan foydalaning.
“Odamlarning mushkulini oson qilish qo‘lingdan kelmasa, aqalli bir og‘iz shirin
so‘z bilan ko‘nglini ko‘tar”.
Do'stlaringiz bilan baham: |