Qo‘shma gap qismlari va ularni bog‘lovchi vositalar bilib oling. Qo‘shma gapni tashkil etgan sodda gaplar qo‘shma gap qismlari sanaladi. Bu qismlarni


→ Nodon odamning gapi ko‘p bo‘lishini doimo yodda tutish kerak


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/39
Sana09.06.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1474316
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   39
Bog'liq
Sintaksis 7

→ Nodon odamning gapi ko‘p bo‘lishini doimo yodda tutish kerak. 
 
115-mashqKo‘chiring. Qo‘shma gap tarkibidagi bosh va ergash gaplarni aniqlang. 
Ergash gaplarni bosh gap tarkibidagi ko‘rsatish olmoshi o‘rnida keltirib, qo‘shma 
gapni sodda gapga aylantiring. 
1. Baxtim shuki, seni uchratdim. (Z.Saidnosirova)  
Namuna: Baxtim shuki, seni uchratdim.// Baxtim – seni uchratganligim. 
2. Shunday o‘zgarishlar bo‘lmoqdaki, aqling bovar qilmaydi.  
→______________________________________________________________ 
3. Shunisi quvonarliki, sinfdagi o‘quvchilarning hammasi bir-biri bilan juda ahil.  


Muallif: Fazliddin O‘taganov 
 
https://t.me/Davlat_tili_uzbek_tili 
 
19 
→______________________________________________________________ 
4. Shuni bilingki, hech bir yangilik bexosiyat bo‘lmaydi. (Asqad Muxtor)  
→______________________________________________________________ 
5. Biz shunday kutubxona bino qilaylikki, butun el qoshida manzur va mo‘tabar 
bo‘lsin. (Oybek) 
→______________________________________________________________ 
 
NISBIY SO‘ZLI ERGASHGAN QO‘SHMA GAPLAR (6)
 
Bilib olingErgash gap tarkibida qo‘llanuvchi kim, nima, qancha, qanchalik, 
qanday, qayer kabi so‘roq olmoshlari va bosh gap tarkibida unga javob bo‘lib 
keluvchi shu, o‘sha, shuncha, shunchalik, shunday kabi olmoshlar bir-biriga 
nisbatan qo‘llanganligi, biri ikkinchisini taqozo etganligi uchun nisbiy so‘zlar
hisoblanadi.
→ Ergash gapning kesimi shart mayli shaklidagi fe’llar bilan ifodalanadi.
M: Siz Hindistonda neniki (nimani) ko‘rgan bo‘lsangiz, shularning hammasini jam 
etib, (shularni) bir kitob yozmog‘ingiz darkor. (Toʻldiruvchi ergash gapli qoʻshma 
gap)
119-mashq. Ko‘chiring. Bosh va ergash gaplardagi o‘zaro nisbatlanayotgan so‘zlarni 
toping. Bosh gap tarkibidagi nisbatlanayotgan ko‘rsatish olmoshining qaysi gap 
bo‘lagi vazifasida kelayotganini aniqlang. 
1. Kim chaqqon va tez harakat qilsa, yutuq o‘shaniki bo‘ladi. (O‘. Haydarov)
→ Vazifasi: kesim ergash gapli qo‘shma gapni shakllantirish 
→ Yutuq – chaqqon va tez harakat qilgan odamniki. 
2. Sen birodaringni qanchalik yaxshi ko‘rsang, Tangri ham seni shunchalik yaxshi 
ko‘radi. (Hadis)
→ Vazifasi: hol ergash gapli qo‘shma gapni shakllantirish 
→Tangri sen birodaringni yaxshi ko‘rganchalik darajada seni ham yaxshi ko‘radi. 
3. Kim birovga choh qazisa, o‘zi yiqiladi. (Maqol)
→ Vazifasi: ega ergash gapli qo‘shma gapni shakllantirish 
→ Birovga choh qazigan odamning o‘zi qazigan chohiga tushadi. 
4. Qayerda ish to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, o‘sha yerda rivojlanish bo‘ladi. 
→ Vazifasi: hol ergash gapli qo‘shma gapni shakllantirish 
→ Ish to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan joyda rivojlanish bo‘ladi. 
5. Nima ro‘zg‘orga kerak bo‘lsa, dadam o‘shani bozordan keltiraverar edi. (Oybek)
→ Vazifasi: to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gapni shakllantirish 
→ Dadam ro‘zg‘orga kerak bo‘lgan narsalarni bozordan keltiraverar edi. 
6. Kimki boshqalarga rahm-u shafqat qilmasa, unga ham hech kim rahm-u shafqat 
qilmaydi. (Hadis) 
→ Vazifasi: to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gapni shakllantirish 
→ Boshqalarga rahm-u shafqat qilmaganga hech kim rahm-u shafqat qilmaydi. 



Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling