Qo‘shma gap qismlari va ularni bog‘lovchi vositalar bilib oling. Qo‘shma gapni tashkil etgan sodda gaplar qo‘shma gap qismlari sanaladi. Bu qismlarni


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/39
Sana09.06.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1474316
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   39
Bog'liq
Sintaksis 7

Muallif: Fazliddin O‘taganov 
 
https://t.me/Davlat_tili_uzbek_tili 
 
15 
KO‘MAKCHILI QURILMALAR YORDAMIDA
ERGASHGAN QO‘SHMA GAPLAR (2) 
 
Bilib olingBosh gapda ifodalangan mazmunning sababini bildiruvchi ergash 
gaplar bosh gapga shuning uchun, shu sababli, shu tufayli, shu boisdan singari 
ko‘makchili qurilmalar vositasida bog‘lanadi. Ular bosh gap tarkibida keladi. 
 
99-mashq. Ko‘chiring. Ergash gapni bosh gapga bog‘lovchi vositalarni aniqlang. 
Qanday tinish belgisi qo‘yilganini va buning sababini izohlang. 
1. Uning bunday odati yo‘q edi, shuning uchun yigit hayron bo‘lib, biroz qarab 
turibdi. (Abdulla Qahhor)  
2. Yozi bilan tinimsiz mehnat qildik, shu sababli mo‘l hosil oldik. (Olimjon Xoldor) 
3. Ammo shu tobda hordiq chiqarishga fursat yo‘q edi, shu bois 
tag‘in jiddiy ishga kirishib ketdilar. (O.Yusupov)  
4. Saodat ko‘pdan beri ashula aytmagan edi, shuning uchun ham u jaranglagan 
ovozlarga qo‘shilib ashula aytgisi keldi. (Ibrohim 
Rahim) 
3. 
O‘zimiz juda cho‘llab kelgan edik, shuning uchun kechirdik. (Abdulla Qodiriy) 
Izoh: 5 ta gap ham ko‘makchili qurilma yordamida bog‘langan va quyidagi qolipga 
mos: 
Qolipdan ham ko‘rinyaptiki, ko‘makchili qurilmadan oldin qo‘yilgan vergul qo‘shma 
gap qismlarini ajratib turadi. 
 
100-mashq. Berilgan gaplardagi shuning uchun, shu sababli, shu tufayli kabi 
bog‘lovchi vositalar tarkibidagi ko‘rsatish olmoshini chiqarib tashlab, ko‘makchi 
holida qo‘llang. Ergash gap kesimi tarkibida qanday o‘zgarish bo‘lganligini izohlang. 
1. Maktabimizda sport klubi faoliyat olib bormoqda, shuning uchun klub a’zolari turli 
musobaqalarda yaxshi natijalarni qo‘lga kiritmoqdalar. («G‘uncha»)  
→ Namuna: Maktabimizda sport klubi faoliyat olib borayotganligi uchun klub a’zolari 
turli musobaqalarda yaxshi natijalarni qo‘ga kiritmoqdalar. 
2. Musavvirlikka menda havas uyg‘ondi, shu sababli uning sirlarini o‘rganishga 
astoydil bel bog‘ladim. (Said Ahmad)  
→_______________________________________________________________ 
_________________________________________________________________ 
3. Giyohvandlik - insoniyat kushandasi, shu tufayli unga qarshi dunyo ahli ommaviy 
kurash olib bormoqda. (Gazetadan) 
→_______________________________________________________________ 
_________________________________________________________________ 
4. Beruniy ilm yo‘lidagi hamkorlikni juda qadrlardi, shuning uchun ham o‘z davrining 
taniqli olimlari bilan ilmiy aloqalar o‘rnatgan edi. (Mirkarim Osim)  
→_______________________________________________________________ 
_________________________________________________________________ 



Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling