Qo‘shma gap qismlari va ularni bog‘lovchi vositalar bilib oling. Qo‘shma gapni tashkil etgan sodda gaplar qo‘shma gap qismlari sanaladi. Bu qismlarni


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/39
Sana09.06.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1474316
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39
Bog'liq
Sintaksis 7

Muallif: Fazliddin O‘taganov 
 
https://t.me/Davlat_tili_uzbek_tili 
 
14 
ERGASHTIRUVCHI BOG‘LOVCHILI
ERGASHGAN QO‘SHMA GAPLAR (1) 
 
Bilib oling. Bosh gapda ifodalangan mazmunning sababi, maqsadi, sharti yoki 
qiyosini bildirgan ergash gaplar bosh gapga sabab (chunki, negaki), maqsad (toki), 
shart (agar, agarda, basharti, mabodo), qiyoslash-chog‘ishtiruv (go‘yo, go‘yoki, 
xuddi) ergashtiruvchi bog‘lovchilari yordamida bog‘lanadi. Sabab, maqsad, qiyoslash-
chog‘ishtiruv bog‘lovchilari ergash gap boshida qo‘llanadi va ergash gap bosh 
gapdan so‘ng keladi. Shunday vaqtda yozuvda ergash gap bosh gapdan vergul bilan 
ajratiladi. M: Soliqni bermangiz demayman(bosh), chunki sizning itoatingiz menga 
bundog‘ to‘nlar berar(ergash)! (Abdulla Qodiriy) 
→ Shart bog‘lovchilari gap boshida keladi. Ergash gap kesimi shart maylidagi fe’llar 
bilan ifodalanadi. (Kishida odob bo‘lsa, ilm ham bo‘lishi lozim) Shunday ergash 
gaplar bosh gapdan oldin keladi. Ko‘pincha shart bog‘lovchilari qo‘llanmasa ham va 
shart mayli shakli qo‘shma gap qismlarini bog‘layveradi. 
 
95-mashq. Gaplarni o‘qing, ergashtiruvchi bog‘lovchilar yordamida bog‘langan 
ergashgan qo‘shma gaplarni aniqlang va ularga izoh bering. 
Kishida odob bo‘lsa, ilm ham bo‘lishi lozim. Odob shunday tojki, u aqlli, farosatli 
odamlar boshini bezaydi. Odobli odam tabibga o‘xshaydi, chunki u bilan 
suhbatlashish ko‘ngildagi g‘amni quvadi. Ilm bir daraxt, odob esa uning mevasidir. 
Odob ulug‘lik va yuksaklik qasrining narvonidir, shuning uchun u orqali barcha 
maqsad va manzillarga yetish mumkin. Qaysi yerda ilm-u ma’rifat kuchli bo‘lsa, o‘sha 
yer baxt maskanidir. («Sharq hikmatlari»dan) 
→ Kishida odob bo‘lsa, ilm ham bo‘lishi lozim. 
→ Odob shunday tojki, u aqlli, farosatli odamlar boshini bezaydi. 
→ Odobli odam tabibga o‘xshaydi, chunki u bilan suhbatlashish ko‘ngildagi g‘amni 
quvadi. 
→ Odob ulug‘lik va yuksaklik qasrining narvonidir, shuning uchun u orqali barcha 
maqsad va manzillarga yetish mumkin. 
→ Qaysi yerda ilm-u ma’rifat kuchli bo‘lsa, o‘sha yer baxt maskanidir. 
96-mashq. Quyida berilgan gaplarni davom ettiring va bog‘lovchi vositalarning 
gapdagi vazifalarini tushuntiring. 
1. Donishmandlar so‘zni javohirga o‘xshatadilar, chunki... 
→…yaxshi yoki yomon so‘z bilan ilon inidan, pichoq qinidan chiqishi mumkin. 
2. Aytar so‘zingni bilib ayt, chunki...  
→_____________________________________________________________ 
3. So‘zning lazzati uni gapirishda emas, shuning uchun...  
→_____________________________________________________________ 
4. Til shirinligi ko‘ngilga yoqimli, shuning uchun...  
→_____________________________________________________________ 
5. Har bir kishining so‘zi aqliga yarasha bo‘ladi, shu sababli... 
→_____________________________________________________________ 



Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling