Qo‘shma gap qismlari va ularni bog‘lovchi vositalar bilib oling. Qo‘shma gapni tashkil etgan sodda gaplar qo‘shma gap qismlari sanaladi. Bu qismlarni


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/39
Sana09.06.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1474316
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   39
Bog'liq
Sintaksis 7

Muallif: Fazliddin O‘taganov 
 
https://t.me/Davlat_tili_uzbek_tili 
 
16 
5. O‘qituvchi bolalarni nazmdan xabardor etishni o‘z burchi hisoblardi, shu bois 
«Guliston» va «Bo‘ston» kabi kitoblarni mustaqil mutolaa qilishga ruxsat bergan edi. 
(A.Qayumov) 
→_______________________________________________________________ 
_________________________________________________________________ 
 
DEB SO‘ZI YORDAMIDA ERGASHGAN QO‘SHMA GAPLAR (3) 
 
Bilib oling. Bosh gapda ifodalangan mazmunning maqsadini, sababini 
bildiruvchi ergash gaplar bosh gapga ko‘pincha deb so‘zi yordamida bog‘lanadi. 
Ergash gaplarning kesimi buyruq va shart maylidagi, shuningdek, kelasi zamon 
fe’llari bilan ifodalanganda, asosan, maqsad ma’nosi, o‘tgan zamon fe’llari bilan 
ifodalanganda ko‘proq sabab ma’nosi anglashiladi.  
→ Ukalarim bezovta bo‘lmasin deb, To‘ng‘ich botir to‘qayning bir chekkasiga qochdi. 
(«Uch og‘a-ini botirlar» ertagidan) 
→ Ollohga manzur bo‘lsa deb, unga tavakkul qilamiz. 
→Yaxshilikni bilar deb, maoshini ko‘p-ko‘p berardim. 
Kiyim olishga bozor bordi, o‘qishga qabul qilindim deb. (Inversiya) 
 
104-mashq. Ko‘chiring. Ergash gapni bosh gapga bog‘lovchi vositani va ergash 
gapning qanday ma’no bildirayotganini aniqlang. 
1. Gul barglari uchishadi, tushmayin deb qo‘lingga. (Hamid Olimjon)  
→inversiya; deb so‘zi yordamida; maqsad 
2. Shu mo‘jaz uyimda yonsin deb chiroq, Ne aziz zotlarga yondashdim gohi. 
(A.Oripov)  
→ deb so‘zi yordamida; maqsad 
3. Kamalakdek rango-rang Bo‘lsin deb san’at, tillar, Asrlarcha qildim jang. 
(E.Vohidov) 
→ deb so‘zi yordamida; maqsad 
4. Sen otash ichida urasan javlon, Dushman qolmasin deb sevgan elimda. (Hamid 
Olimjon)  
→inversiya; deb so‘zi yordamida; maqsad 
5. Yovlar yakson bo‘lsin deb, Yigitlar jang boshladi, Yovlar qocha boshladi. (Hamid 
G‘ulom) 
→ deb so‘zi yordamida; maqsad 
 
1. Qanday ma’noni bildiruvchi ergash gaplar bosh gapga deb so‘zi yordamida 
bog‘lanadi? 
 
2. Bosh gapga deb so‘zi yordamida bog‘langan ergash gaplarning kesimi 
qanday mayl shaklidagi fe’llar bilan ifodalanadi? 
 
3. Bosh gapga deb so‘zi yordamida bog‘langan ergash gapga ikkita misol 
keltiring va bu bog‘lovchi vositani uchun ko‘makchisi bilan almashtirib ko‘ring. 



Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling