Qo‘shma gap qismlari va ularni bog‘lovchi vositalar bilib oling. Qo‘shma gapni tashkil etgan sodda gaplar qo‘shma gap qismlari sanaladi. Bu qismlarni


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/39
Sana09.06.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1474316
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   39
Bog'liq
Sintaksis 7

 
BOSH VA ERGASH GAP 
 
Bilib oling. Ergashgan qo‘shma gaplar tarkibida nechta gap bo‘lishidan qat’iy 
nazar, doimo ikki qismdan tashkil topadi:
1) bosh gap;
2) ergash gap.
Qoida. Mazmuni izohlanayotgan gap bosh gapbosh gap mazmunini izohlayotgan 
gap ergash gap hisoblanadi.
Qo‘shimcha fikr: Bosh gap to‘rtburchak, ergash gap esa doira shakli bilan 
ifodalanadi. Ergash gap bosh gapning ma’nosini ifodalagani uchun ham doim strelka 
bosh gapga yo‘naltiriladi. 
Esda tuting! Ergashgan qo‘shma gaplar tuzilishiga ko‘ra (hokim (bosh) va tobe 
(ergash) qismli so‘z birikmalariga o‘xshaydi. So‘z birikmasi tarkibidagi so‘zlar 
nechta bo‘lishidan qat’iy nazar, doimo ikki qismdan – hokim va tobe so‘zlardan tashkil 
topadi. Bu narsa ergashgan qo‘shma gaplarda bosh va ergash gaplar deyiladi. 
Bilib oling. Yozma nutqda bosh gapning ostiga to‘g‘ri chiziq, ergash gapning ostiga 
to‘lqinli chiziq chiziladi. 
Izoh: Ushbu qoida 9-sinf darsligining (2019) 136-mashqida aytib o‘tilgan.  
Misollar: 
1. O‘tinni yorib bo‘lib, mollarga xashak ham solib qo‘ya qolay deb, og‘ilxonaga 
kiruvdim. (X. To‘xtaboyev)
2. Meni ko‘rib qolmasin deb, darrov yuzimga ko‘rpani tortib oldim. (X. To‘xtaboyev)


Muallif: Fazliddin O‘taganov 
 
https://t.me/Davlat_tili_uzbek_tili 
 
12 
3. Otabek og‘zidan nimaiki eshitgan bo‘lsam, bir-bir so‘zlab berdim. (Abdulla 
Qodiriy)
4. Jalol polvon yana Qo‘chqor to‘g‘risida gapirib qolishmasin deb, asli kamgap odam 
bo‘lishiga qaramay, uzundan uzoq gap boshladi. (Said Ahmad) 
5. Kimki uloqni shu chuqurgacha olib kelib tashlasa, bir qo‘y, ellik so‘m pul, bir to‘n 
oladi. (Tog‘ay Murod) 
84-mashq. Ko‘chiring. Qo‘shma gap qismlarining qaysisi bosh gap, qaysisi ergash 
gap ekanligini aniqlang. 
1. Agar arqondan qo‘llari chiqib ketsa, to tuman tarqalguncha yo‘l topolmay sarson 
bo‘lib yuraveradilar. (Said Ahmad)  
→ 
2. Shuni mamnuniyat bilan ta’kidlaymanki, mening kasb tanlashimga otamning 
do‘mbirasi sababchi bo‘lgan. (Murod Muhammad Do‘st) 

3. Topgan obro‘ni yo‘qotmaslik shart, chunki obro‘ ko‘ylak emaski, yangisini 
bozordan olsang. (Omon Muxtor)  

4. Birinchi qaldirg‘och parvozini ko‘rgan kishi qanday sevinsa, Avaz ham bundan 
shunday quvonadi. (S. Siyoyev) 


Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling