8
Ona tili. Qoida va Qarash/ Fazliddin O‘taganov
INKOR BOG‘LOVCHISI YORDAMIDA
BOG‘LANGAN QO‘SHMA GAPLAR
Bilib oling.
Inkor bog'lovchisi bog'langan qo'shma gap qismlarini bog‘lash
bilan birga, ularda ifodalangan harakat-holat yoki
fikrning inkorini ham bildiradi. Shuning uchun bunday bog'langan qo‘shma
gaplarda kesimlar bo’lishli shakldagi fe’llar (fe᾽l kesim) yoki
bor, mavjud kabi
so‘zlar orqali (ot kesim)
ifodalansa-da,
mazmun inkor tarzida anglashiladi.
Yozuvda takror qoʻllanayotgan bog'lovchidan
oldin vergul qo‘yiladi.
61-mashq. Matnni ko‘chiring, na..., na... bog‘lovchisi qaysi gaplarda uyushiq
bo‘laklarni, qaysi gaplarda qo‘shma gap qismlarini bog‘lab kelayotganini
aniqlang.
1. Xuddi birov ko‘kragimga ming pudli tosh bostirib qo‘ygandek na qo‘limni, na
oyog‘imni qimirlata olaman. (Murodjon Mansur)
→Uyushiq bo‘laklaklarni bog‘lagan.
2. Na ko‘nglimni to‘ka olaman, Na o‘g‘limni so‘ka olaman. (Iqbol Mirzo)
→ Qo‘shma gap qismlarini bog‘lagan.
3. Na baqirganingni birov eshitadi, na yordam deb chaqirganingni o‘zing
eshitasan. (Ulugbek Hamdam)
→ Qo‘shma gap qismlarini bog‘lagan.
4. Yalqov va besabr bo‘lma, u senga na obro‘, na baxt keltiradi.
(«Hikmatnoma»dan.)
→Uyushiq bo‘laklaklarni bog‘lagan.
5. Ilmsiz odam mevasiz yog‘och kabidir: undan na o‘ziga, na xalqiga foyda bor.
(«Otalar so‘zi»)
→Uyushiq bo‘laklaklarni bog‘lagan.
6. Na tug‘ilib o‘sgan yurtini, na qachonlardir uni yer-u ko‘kka ishonmay ne
orzu-umidlar ila katta qilgan ota-onasini, na rasadxona va na undagi do‘stlari-
yu xojasi Umar Xayyomni eslardi. (Nabi Jaloliddin)
→Uyushiq bo‘laklaklarni bog‘lagan.
Do'stlaringiz bilan baham: