Qo‘shma gap qismlari va ularni bog‘lovchi vositalar bilib oling. Qo‘shma gapni tashkil etgan sodda gaplar qo‘shma gap qismlari sanaladi. Bu qismlarni
BIRIKTIRUV BOG‘LOVCHISI YORDAMIDA
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Sintaksis 7
BIRIKTIRUV BOG‘LOVCHISI YORDAMIDA BOG‘LANGAN QO‘SHMA GAPLAR 5 Ona tili. Qoida va Qarash/ Fazliddin O‘taganov Bilib oling. Biriktiruv bog‘lovchisi qo‘shma gapning payt, sabab-natija munosabatlarida bo‘lgan qismlarini bog‘lab keladi. Qismlari o‘rtasida sabab- natija munosabati ifodalangan qo‘shma gaplarda ikkinchi qism oldidan natijada so‘zini qo‘yish mumkin bo‘ladi. Masalan, Anor so‘zlar va Zaynab qalbi Tol bargiday dir-dir qaltirar ↔ Anor so‘zlar (va) natijada Zaynab qalbi Tol bargiday dir-dir qaltirar. (Hamid Olimjon) Eslab qoling. -u, -yu, -da yuklamalari ham biriktiruv bog‘lovchilari bajargan vazifalarni bajaradi. Termometr hamshiraning qo‘lidan tushib ketdi-yu, bir tomchi simob yaltirab polga dumaladi. (S. Ahmad)(payt) 1. Biriktiruv bog‘lovchilari qanday munosabatda bo‘lgan qo‘shma gap qismlarini bog‘laydi? Javob: a) payt: Ko‘chaga chiqdim va ko‘zim yoshlandi. b) Uyqu dori ichdim hamda uxlab qoldim. 2. Qo‘shma gap qismlarini bog‘lab kelgan va bog‘lovchisi o‘rnida qaysi hollarda -u (-yu), -da yuklamalarini qo‘llash mumkinligini aniqlang. Javob: -u (-yu), -da yuklamalari va bog‘lovchisi o‘rnida gaplarni teng bog‘laganda hamda o‘zaro sinonimlik yuzaga kelganda, qolaversa, payt, sabab- natija munosabatini bildirganda qo‘llash mumkin. Misol, Gulchehra «piq» etib kuldi-da(va), cho‘zilib tugunni oldi. 48-mashq. Nuqtalar o‘rniga bog‘lovchilardan mosini qo‘yib, ko‘chiring. 1. Dekabr oyining boshida bir qor yog‘di..., keyin yana oftob charaqlab, havo ilib ketdi. (P. Qodirov) Namuna: Dekabr oyining boshida bir qor yog‘di-yu, keyin yana oftob charaqlab, havo ilib ketdi. (P. Qodirov) 2. Ko‘pirar tomirlarda qon... portlar hademay bu o‘tli vulqon. (G‘afur G‘ulom) →_____________________________________________________________ 3. Kuzning o‘rtalarida havo bir-ikki daf’a aynidi..., vodiyga qalin tuman tushdi. (Said Ahmad) →_____________________________________________________________ 4. Keta boshladim..., u notanish odamning qayoqqa borgani meni qiziqtiraverardi. (Sh. Xolmirzayev) →_____________________________________________________________ 5. Bu yerda uzumzor va yong‘oqzorlar ko‘p edi, ... tog‘ manzarasi ham boshqacha edi. →_____________________________________________________________ Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling