Qo‘shma gap qismlari va ularni bog‘lovchi vositalar bilib oling. Qo‘shma gapni tashkil etgan sodda gaplar qo‘shma gap qismlari sanaladi. Bu qismlarni


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/39
Sana09.06.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1474316
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
Sintaksis 7

 
ZIDLOV BOG‘LOVCHILARI YORDAMIDA
BOG‘LANGAN QO‘SHMA GAPLAR 
 


6
 
 
Ona tili. Qoida va Qarash/ Fazliddin O‘taganov 
Bilib oling. Zidlov bog‘lovchilari bog‘langan qo‘shma gap qismlarini 
bog‘lash bilan birga ular o‘rtasida zidlik munosabati mavjudligini ham 
ifodalaydi.
→ Zidlov bog‘lovchilari qo‘shma gapning ikkinchi qismi boshida qo‘llanadi va 
qo‘shma gap qismlari vergul bilan ajratiladi.
Eslab qoling. -u(-yu), -da yuklamalari bog‘langan qo‘shma gap qismlarini 
bog‘lash bilan birga ular o‘rtasida zidlash, ketma-ketlik munosabati 
mavjudligini bildiradi. 
M: Mol-u puling ketsa-ketsin-u, vaqtingni zoye ketkizma. 
M: To‘pni tepdi, ammo darvozabon abjirlik ila ilib oldi. 
 
52-mashq. Ko‘chiring. Zidlov bog‘lovchilari bilan -u (-yu), -da yuklamalarini 
almashtirish mumkin bo‘lgan gaplarni aniqlang va buning sababini tushuntiring. 
1. Soni ko‘p, lekin salmog‘i yo‘q. (Abdulla Qahhor)  
→ Soni ko‘p-u, salmog‘i yo‘q. 
2. Mayli, siz yashirdingiz, ammo men yashirmayman. (Oybek)  
→ Mayli, siz yashirdingiz-u, men yashirmayman. 
3. Men o‘z fikrimni aniq tushuntirib berishga harakat qilyapman, lekin siz uni 
eshitishni xohlamayapsiz. (Olimjon Xoldor)  
→ Men o‘z fikrimni aniq tushuntirib berishga harakat qilyapman-u, siz uni 
eshitishni xohlamayapsiz. 
4. Termometr hamshiraning qo‘lidan tushib ketdi-yu, bir tomchi simob yaltirab 
polga dumaladi. (Said Ahmad) 
→ Termometr hamshiraning qo‘lidan tushib ketdi va bir tomchi simob yaltirab 
polga dumaladi. 
Izoh: 4-gap biriktiruv bog‘lovchisi yordamida bog‘langan qo‘shma gapdir. 
Qo‘shimcha fikr: -u, -yu, -da yuklamalari zidlov bog‘lovchisi vazifasida kelsa, 
ko‘pincha 2-gap kesimi bo‘lishsizlik (inkor forma: -ma, emas, yo‘q) shaklida 
turadi. 
54-mashq. Gaplarni o‘qing, zidlov bog‘lovchilari yordamida bog‘langan 
qo‘shma gaplarning kesimlarini aniqlab, ularni izohlang. 
→ Og‘zaki bajaring. 
1. Kishini tabiat vujudga keltiradi, ammo uni jamiyat kamol toptiradi. (V.G. 
Belinskiy)  
2. Qilgan xatolaringni o‘lguningcha ko‘z o‘ngingda tut, ammo qilgan 
yaxshiliklaringni unut. (Muhammad Zehniy)  
3. Xalqqa xayr-u ehson qilish naqadar ulug‘ fazilat, biroq bu xayr-u ehson 
beg‘araz bo‘lsa, yana ham yaxshi. (Abdibek Sheroziy)  
4. O‘ylamoq yaxshi narsa, biroq ko‘p o‘ylab, xayolparast bo‘lish zararlidir. 
(Abay) 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling