Qo‘shma gap qismlari va ularni bog‘lovchi vositalar bilib oling. Qo‘shma gapni tashkil etgan sodda gaplar qo‘shma gap qismlari sanaladi. Bu qismlarni


MUSTAHKAMLASH. MATN VA LUG‘AT USTIDA ISHLASH


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/39
Sana09.06.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1474316
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
Sintaksis 7

MUSTAHKAMLASH. MATN VA LUG‘AT USTIDA ISHLASH 
2-topshiriq. Pahlavon Mahmud haqidagi rivoyatni o‘qing, uni qayta hikoya 
qiling. 
Xalq orasida og‘izdan og‘izga ko‘chib yurgan bir rivoyat bor. Pahlavon 
Mahmud Hindistonga borib, kurashga tushishi kerak. Biroq hamma biladiki, u 
bilan tenglashadigan polvon yo‘q. Pahlavon Mahmud bellashuv oldidan bir 
ziyoratgohga borib qoladi. U yerda bir ayolning zor yig‘lab, Xudodan iltijo qilib 
o‘tirganini ko‘radi. Pahlavon Mahmud ayoldan sababini so‘raganda, ayol javob 


4
 
 
Ona tili. Qoida va Qarash/ Fazliddin O‘taganov 
qiladi: «Xivadan Pahlavon Mahmud kelibdi, u bilan o‘g‘lim kurashga tushishi 
kerak. Men o‘g‘limga Xudodan omad tilab o‘tiribman».  
Pahlavon Mahmud onaizorning bu iltijosidan ta’sirlanib, kurashda 
ayolning o‘g‘lidan yiqilgan ekan. 
IZTIROB – Ruhan ezilish, siqilish holati; ruhiy azob. 
LUTF – 1 Iltifot, marhamat, oliyjanoblik. So‘z yoki gapni bir necha ma’noda 
ishlatishga asoslangan so‘z o‘yini; qochirim. 
BOG‘LANGAN QO‘SHMA GAPLAR 
 
 
 
43-mashq. Qo‘shma gaplar orasiga qavs ichida berilgan vositalardan mosini 
qo‘yib, ko‘chiring. 
1. Dushman nasihatiga qarab ish tutmoq xato, (yo, ammo, va) nima deganini 
bilib qo‘ymoq ravo. (Abdulla Qodiriy)  
2. Har bir narsa aqlga muhtoj, (lekin, yoxud, esa) aql tajribaga muhtojdir. 
3. Tong cho‘qqidan oshdi (biroq, va, lekin) qishloq uzra quyildi. (T. Sodiqova)  
4. Biz shahar havosidan qochib, tabiatda jon asragimiz keladi (-yu, biroq, 
ammo) sho‘rlik tabiatning o‘zi bizdan bezillaydigan bo‘lib qolibdi. (O‘. 
Hoshimov) 
44-mashq. Quyida berilgan sodda gaplarni davom ettirib, bog‘langan qo‘shma 
gaplar hosil qiling. 
1. Pomir tog‘larining cho‘qqilarida doim qor bo‘ladi...  
Namuna: Pomir tog‘larining cho‘qqilarida doim qor bo‘ladi va bu narsa shu joy 
havosining yozda ham salqin bo‘lishini ta’minlaydi. 
2. Salima dam olish kuni teatrga bormoqchi edi...  
→______________________________________________________________ 
3. Cho‘l tabiati bahorda juda chiroyli bo‘ladi...  
→______________________________________________________________ 
4. T. Malikning «Alvido, bolalik!» asarini o‘qib chiqdim...  
→______________________________________________________________ 
5. Yigit kishiga qirq hunar oz deyishadi... 
→______________________________________________________________ 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling