Qo‘shma gap qismlari va ularni bog‘lovchi vositalar bilib oling. Qo‘shma gapni tashkil etgan sodda gaplar qo‘shma gap qismlari sanaladi. Bu qismlarni
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Sintaksis 7
1. Bog‘langan qo‘shma gaplar. (Goh kechalari shamol bo‘riday uvillab
chiqardi, goh sharros yomg‘ir quyib qolardi. (E. Usmonov)) 2. Ergashgan qo‘shma gaplar. (Qatorda noring bo‘lsa, yuking yerda qolmaydi, deydilar). (Hakim Nazir) 3. Bog‘lovchisiz qo‘shma gap. (Guli yo‘q bo‘stondan yaproq yaxshi, foydasi yo‘q yo‘ldoshdan tayoq yaxshi. (Maqol)) 35-mashq. Matnni o‘qing, qo‘shma gap qismlarini aniqlab, ularni izohlang. O‘qishli kitob go‘zallikdir, lekin go‘zallikda ham go‘zallik bor. Izoh 1: Zidlov bog‘lovchisi yordamida bog‘langan “Bog‘langan qo‘shma gap” Qorong‘i kechada otilgan mushak ham go‘zal, quyoshga qarab xandon tashlab turgan gul ham go‘zal. Izoh 2: Ohang (vergul) yordamida bog‘langan “Bog‘lovchisiz qo‘shma gap” 3 Ona tili. Qoida va Qarash/ Fazliddin O‘taganov Osmonda sochilib ketgan rang-barang olov va oqish izlar go‘zalligi ko‘zni qamashtirsa ham, puch go‘zallik, shuning uchun bebaqodir. Izoh 3: Murakkab qo‘shma gap (Kamida 3 ta sodda gapli qo‘shm gap) a) –sa shart mayli yordamida bog‘langan ergashgan qo‘shma gap; b) shuning uchun ko‘makchili qurilmasi yordamida bog‘langan ergashgan qo‘shma gap; Gulning go‘zalligi esa to‘q go‘zallik, chunki uning bag‘rida hayot bor, shuning uchun abadiy go‘zallikdir. Izoh 3: Murakkab qo‘shma gap (Kamida 3 ta sodda gapli qo‘shm gap) a) sabab bog‘lovchisi (chunki) yordamida bog‘langan ergashgan qo‘shma gap; b) shuning uchun ko‘makchili qurilmasi yordamida bog‘langan ergashgan qo‘shma gap; G‘uncha guldan ham go‘zalroq, chunki uning bag‘rida ikki hayot – o‘z hayoti va yana gul hayoti bor. (Abdulla Qahhor) a) Sabab bog‘lovchisi (chunki) yordamida bog‘langan ergashgan qo‘shma gap; 36-mashq. Gaplarni o‘qing, ularni qo‘shma gap, ergashgan qo‘shma gap, bog‘lovchisiz qo‘shma gap tarzida uch guruhga bo‘lib ko‘chiring. 1. Shogirdlar qancha ko‘p bo‘lsa, ko‘ngil qafasi shuncha ravshanroq bo‘ladi. (G‘afur G‘ulom) →_________________________________ 2. Og‘ziga kelganini demoq – nodon ishi va oldiga kelganini yemoq – hayvon ishi. (Alisher Navoiy) →_________________________________ 3. Oqil gar so‘z bila so‘zni yopar, Orif o‘shal so‘zda o‘zini topar. (Haydar Xorazmiy) →_________________________________ 4. Hunar o‘rgan, chunki hunarda ko‘p sir, Yopiq eshiklarni ochar birma-bir. (Nizomiy) →_________________________________ 5. Jahonda hammadan to‘g‘rilik a’lo, Egrilikdan ortiq yo‘qdir hech balo. (Firdavsiy) →_________________________________ Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling