ERGASHGAN QO‘SHMA GAPLAR
Bilib oling. Qismlari ergashtiruvchi bog‘lovchilar (1) yo shunday
bog‘lovchi vazifasidagi so‘zlar (2) yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar
ergashgan qo‘shma gaplar hisoblanadi.Bogʻlovchi vositalar ergash gapda
boʻladi. Koʻmakchi qurilma, -ki yuklamasi, koʻrsatish olmoshlari bosh gapda
keladi.
80-mashq. Ko‘chiring. Qo‘shma gap qismlarini bog‘lovchi vositalarni aniqlang.
1. Olloyorning eng zo‘r sifati shuki, uning qo‘lida yig‘layotgan chaqaloqlar
birdan yupanadi-qoladi. (Murod Muhammad Do‘st)
→ -ki yuklamasi
2. Ot xo‘rsinsa, bir falokat yuz beradi. (Said Ahmad)
→ shart mayli (-sa)
3. Piyoladan bug‘ chiqib turmasa, choy ichganday bo‘lmayman. (O‘.
Umarbekov)
→ shart mayli (-sa)
4. Majlis vaqtida boshlanmadi, chunki rais ushlanib qoldi. (Omon Muxtor)
Muallif: Fazliddin O‘taganov
https://t.me/Davlat_tili_uzbek_tili
11
→ sabab bog‘lovchisi (chunki)
81-mashq. O‘qing, ergashgan qo‘shma gaplarni topib, ko‘chiring. Ergash gapni bosh
gapga bog‘lovchi vositalarni aniqlang.
Izoh: Barchasi – ergashgan qo‘shma gap.
1. Ortiqcha g‘urur obro‘yingni yo‘q qilur, shuning uchun o‘zingni boshqalardan
baland tutma.
Namuna:
→ Ergash gap→ Ortiqcha g‘urur obro‘yingni yo‘q qilur;
→ Bog‘lovchi vosita→ ko‘makchili qurilma (shuning uchun)
2. Shuni unutmaginki, g‘alvirda suv turmas.
→_____________________________________________________________
→_____________________________________________________________
3. Kimda aql oz bo‘lsa, undagi shuhratparastlik shunchalik kuchayar.
→_____________________________________________________________
→_____________________________________________________________
4. Qo‘rqoq keta turib maqtansa, jasur qaytib kelib maqtanadi.
→_____________________________________________________________
→_____________________________________________________________
Do'stlaringiz bilan baham: |