BOSH VA ERGASH GAP
Bilib oling. Ergashgan qo‘shma gaplar tarkibida nechta gap bo‘lishidan qat’iy
nazar, doimo ikki qismdan tashkil topadi:
1) bosh gap;
2) ergash gap.
Qoida. Mazmuni izohlanayotgan gap bosh gap, bosh gap mazmunini izohlayotgan
gap ergash gap hisoblanadi.
Qo‘shimcha fikr: Bosh gap to‘rtburchak, ergash gap esa doira shakli bilan
ifodalanadi. Ergash gap bosh gapning ma’nosini ifodalagani uchun ham doim strelka
bosh gapga yo‘naltiriladi.
Esda tuting! Ergashgan qo‘shma gaplar tuzilishiga ko‘ra (hokim (bosh) va tobe
(ergash) qismli so‘z birikmalariga o‘xshaydi. So‘z birikmasi tarkibidagi so‘zlar
nechta bo‘lishidan qat’iy nazar, doimo ikki qismdan – hokim va tobe so‘zlardan tashkil
topadi. Bu narsa ergashgan qo‘shma gaplarda bosh va ergash gaplar deyiladi.
Bilib oling. Yozma nutqda bosh gapning ostiga to‘g‘ri chiziq, ergash gapning ostiga
to‘lqinli chiziq chiziladi.
Izoh: Ushbu qoida 9-sinf darsligining (2019) 136-mashqida aytib o‘tilgan.
Misollar:
1. O‘tinni yorib bo‘lib, mollarga xashak ham solib qo‘ya qolay deb, og‘ilxonaga
kiruvdim. (X. To‘xtaboyev)
2. Meni ko‘rib qolmasin deb, darrov yuzimga ko‘rpani tortib oldim. (X. To‘xtaboyev)
Muallif: Fazliddin O‘taganov
https://t.me/Davlat_tili_uzbek_tili
12
3. Otabek og‘zidan nimaiki eshitgan bo‘lsam, bir-bir so‘zlab berdim. (Abdulla
Qodiriy)
4. Jalol polvon yana Qo‘chqor to‘g‘risida gapirib qolishmasin deb, asli kamgap odam
bo‘lishiga qaramay, uzundan uzoq gap boshladi. (Said Ahmad)
5. Kimki uloqni shu chuqurgacha olib kelib tashlasa, bir qo‘y, ellik so‘m pul, bir to‘n
oladi. (Tog‘ay Murod)
84-mashq. Ko‘chiring. Qo‘shma gap qismlarining qaysisi bosh gap, qaysisi ergash
gap ekanligini aniqlang.
1. Agar arqondan qo‘llari chiqib ketsa, to tuman tarqalguncha yo‘l topolmay sarson
bo‘lib yuraveradilar. (Said Ahmad)
→
2. Shuni mamnuniyat bilan ta’kidlaymanki, mening kasb tanlashimga otamning
do‘mbirasi sababchi bo‘lgan. (Murod Muhammad Do‘st)
→
3. Topgan obro‘ni yo‘qotmaslik shart, chunki obro‘ ko‘ylak emaski, yangisini
bozordan olsang. (Omon Muxtor)
→
4. Birinchi qaldirg‘och parvozini ko‘rgan kishi qanday sevinsa, Avaz ham bundan
shunday quvonadi. (S. Siyoyev)
→
Do'stlaringiz bilan baham: |