70-mashq. Bo‘lsa, esa so‘zlaridan mosini qo‘yib, berilgan gaplarni davom
ettirib, qo‘shma gaplar hosil qiling va ularni daftaringizga yozing.
1. Halol mehnat ro‘zg‘orga qut-baraka olib keladi, ...
Namuna: Halol mehnat ro‘zg‘orga qut-baraka olib keladi, harom mehnat esa
falokat olib keladi.
2. Bulbul navosi ko‘ngillarni shod aylaydi, ...
→_____________________________________________________________
3. Mehr-muruvvat, saxovat insonlarni bir-biriga yaqinlashtiradi, ...
→_____________________________________________________________
4. Mehnat bilan har kishi murodiga yetadi, ...
→_____________________________________________________________
5. Oqil-u donoga yo‘ldosh bo‘lgan kishi hech qachon yo‘lidan adashmaydi, ...
→_____________________________________________________________
10
Ona tili. Qoida va Qarash/ Fazliddin O‘taganov
MATN VA LUG‘AT USTIDA ISHLASH
73-mashq. Atoqli yozuvchi Shuhrat qalamiga mansub parchani o‘qing. Sodda
gaplarning
bir-biriga
bog‘lanishiga diqqat qiling. O‘z qishlog‘ingiz
(shahringiz)da tong otishini kuzatganmisiz? Taassurotingizni hikoya qilib bering.
Yum-yumaloq to‘lin oy qishloqni o‘zining nurli yo‘rgagiga o‘rab, uyquga,
shirin tong uyqusiga chorlaydi, unda-munda yulduzlar mudraydi, ammo qishloq
allaqachon uyg‘ongan. Tong yorishadi, tun qushi qop-qora qanotlarini yig‘ib,
qishloq ustidan olislarga uchib ketadi-da, chor-atrof odatdagi qiy-chuvga to‘lib-
toshadi.
ASQATMOQ – Kerak bo‘lmoq, kuniga yaramoq, ish bermoq.
ZIYRAK – Tez fahmlaydigan, fahmi tez, sezgir.
ISLOHOT – Ijtimoiy hayotning biron-bir tomonini jiddiy o‘zgartirish; isloh.
Do'stlaringiz bilan baham: |