Qo‘shma gap qismlari va ularni bog‘lovchi vositalar bilib oling. Qo‘shma gapni tashkil etgan sodda gaplar qo‘shma gap qismlari sanaladi. Bu qismlarni
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Sintaksis 7
- Bu sahifa navigatsiya:
- ERGASH GAPNI BOSH GAPGA BOG‘LOVCHI VOSITALAR Muallif: Fazliddin O‘taganov
87-mashq. Quyidagi qo‘shma gap qolipida to‘rtta gap tuzing. Qo‘shma gap turini ayting. 1. Shunday yashaginki, dushmaning ham havas qilsin.→hol ergash gapli qo‘shma gap 2. Shuni bilki, vaqtga hech kimning kuchi yetmaydi.→to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap 3. Kecha shunisi qiziq bo‘ldiki, bazm ayni qiziganda tort yerga quladi.→ega ergash gapli qo‘shma gap 4. Istagim shuki, dinim komilligi yo‘qolmasin.→ kesim ergash gapli qo‘shma gap 85-mashq. Matnni o‘qing. Tarkibidagi qo‘shma gaplarni ajratib yozing va qo‘shma gap turini aniqlang. Ravshanlik tilning asosiy fazilatidir. Fikr tiniq bo‘lsa, nutq ravon va chiroyli bo‘ladi. Shoshilib, uzuq-yuluq gapirgan odam so‘z ustasi sanalmaydi. Shuni bilingki, bunday odamlar, ko‘pincha, maqtanchoq va yolg‘onchi bo‘ladi. Demak, o‘z fikrini o‘ylab, bosiqlik bilan gapirgan odam har doim yutadi. →______________________________________________________________ →______________________________________________________________ ERGASH GAPNI BOSH GAPGA BOG‘LOVCHI VOSITALAR Muallif: Fazliddin O‘taganov https://t.me/Davlat_tili_uzbek_tili 13 Bilib oling. Ergash gaplar bosh gapga quyidagi vositalar yordamida bog‘lanadi: 1) ergashtiruvchi bog‘lovchilar; → ergash gap tarkibida 2) ko‘makchi qurilmalar (shuning uchun, shu sababli, shu tufayli va boshqalar); →bosh gap tarkibida 3) yuklamalar (-ki); →bosh gap tarkibida 4) nisbiy so‘zlar (kim – o‘sha, nima – shu, qayer – shu yer va boshqalar); → so‘roq olmoshlari – ergash gap tarkibida, ko‘rsatish olmoshlari – bosh gap tarkibida 5) deb so‘zi va boshqalar. → ergash gap tarkibida 89-mashq. Ko‘chiring. Qo‘shma gap qismlarini bog‘lovchi vositalarni aniqlang. 1. Shunday yaxshi odatlarimiz borki, ularga hurmat bilan qarash lozim. (Said Ahmad) → 2. Tilagim shuki, tog‘a, ayam bilan ukalarim kishilarga muhtoj bo‘lmasin. (Oybek) → 3. Ikkinchi masala ancha jiddiy, shuning uchun u maxsus o‘rganishni talab qiladi. (Murod Muhammad Do‘st) → 4. Agar shu topshiriqni bajarmasa, obro‘yi bir pul bo‘ladi. (Olimjon Xoldor) → 90-mashq. Matnni o‘qing. Qo‘shma gaplarni ko‘chiring. Qo‘shma gap qismlarini bog‘lovchi vositalarni aniqlang. Ongli kishi deyilsa, ongga ega, aql-idrokli odam tushuniladi. Ongli hayot desak, bir maqsadga yo‘naltirilgan turmush ifodalanadi. «Ongli» so‘zi shunday odamlarni bildiradiki, ular voqelikni, ijtimoiy hayotni, o‘zining mavqeyi hamda tarixiy va fuqarolik burchini yaxshi tushunadilar. («Vatan tuyg'usi» darsligidan) 1. Qo‘shma gaplarni ko‘chiring. a) __________________________________________________________________ b) __________________________________________________________________ d) __________________________________________________________________ 2. Qo‘shma gap qismlarini bog‘lovchi vositalarni aniqlang. (Namuna–89-mashq) a) __________________________________________________ b) __________________________________________________ d) __________________________________________________ |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling