Qo‘shma gap qismlari va ularni bog‘lovchi vositalar bilib oling. Qo‘shma gapni tashkil etgan sodda gaplar qo‘shma gap qismlari sanaladi. Bu qismlarni


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/39
Sana09.06.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1474316
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   39
Bog'liq
Sintaksis 7

 
65-mashq. Ko‘chiring. Inkor bog‘lovchisining qo‘shma gap qismlarini bog‘lash 
bilan birga inkor mazmunining ifodalanishidagi ishtirokini izohlang. 
1. Sel na odamni ayadi, na dov-daraxtni tinch qo‘ydi. (O‘. Umarbekov)  
Izoh: Tasdiq forma orqali inkor mazmun: ayamadi, tinch qo‘ymadi. 
2. Bu burgut ham ko‘r, ham qari. Na ucha oladi, na ko‘ra oladi. (O‘. 
Umarbekov)  
→_____________________________________________________________ 
3. Na bironta odamning sharpasi ko‘rindi, na bir shitirlagan tovush eshitildi. 
(O‘. Umarbekov) 
→_____________________________________________________________ 


9
 
 
Ona tili. Qoida va Qarash/ Fazliddin O‘taganov 
4. Na unga, Begimqulga kulib boqadi, na o‘zi o‘ynab-kuladi. (O. Yoqubov)  
→_____________________________________________________________ 
5. «Tinchlikmi, yo mendan xafamisiz, na telefon qilasiz, na ko‘rinish berasiz?» – 
deb o‘pkaladi. (Ahmad A’zam) 
→_____________________________________________________________ 
 
BO‘LSA, ESA SO‘ZLARI YORDAMIDA
BOG‘LANGAN QO‘SHMA GAPLAR 
 
Bilib olingBo‘lsa, esa so‘zlari bog‘langan qo‘shma gap qismlarini 
bog‘lash bilan birga, ular o‘rtasida qiyoslash va zidlash munosabati mavjudligini 
ifodalaydi. Bo‘lsa, esa so‘zlari qiyoslanuvchi bo‘lakdan so‘ng keladi. 
Qo‘shimcha fikr: Ayrim testlarda esa so‘zlari qatnashgan qo‘shma gaplar 
mazmunida zidlik ma’nosi ham bo‘ladi. 
 
68-mashq. Gaplarni o‘qing, bo‘lsa, esa so‘zlarining gapdagi vazifalarini 
tushuntiring. 
1. Jahl – dushman, aql esa do‘stdir. 
→zidlash  
2. Dono aybni o‘zidan axtaradi, ahmoq bo‘lsa do‘stini ayblaydi. 
→qiyoslash 
3. Aql ko‘pga yetkazadi, hunar bo‘lsa insonni ko‘kka ko‘taradi.  
→qiyoslash 
4. Rostgo‘ylik odamni kamolotga yetaklaydi, yolg‘onchilik esa uni halokatga olib 
boradi. 
→zidlash
5. So‘zning yumshog‘i g‘azabni so‘ndiradi, so‘zning qattig‘i esa odamni 
o‘ldiradi. 
→zidlash  

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling