Muallif: Fazliddin O‘taganov
https://t.me/Davlat_tili_uzbek_tili
35
→_______________________________________________________________
4. «So‘z – qolip, fikr – uning ichiga quyilgan g‘isht», – deb yozadi Abdulla Qodiriy.
→_______________________________________________________________
MATN VA LUG‘AT USTIDA ISHLASH
196-mashq. Matnni o‘qing, undagi g‘oya to‘g‘risida bahslashing. Ko‘chirma gaplar
va ularda tinish belgilarining ishlatilishiga diqqat qiling.
Bahromshohning uchta o‘g‘li bor ekan. U tirikligida farzandlaridan birini taxtga
o‘tqazib, xotirjam bo‘lmoqchi bo‘libdi va ularga sinash uchun shunday debdi:
– O‘g‘illarim, menga dunyoda eng kuchli, o‘ta shirin va eng yoqimli lazzatbaxsh
narsani topib keltiringlar.
Yigitlar o‘sha narsani izlab yo‘lga tushishibdi. Biri may, biri asal olib kelibdi.
Kenjasi esa til keltiribdi.
Shoh sukut saqlab hammasini qabul qilib olibdi va debdi:
– Endi menga tig‘dan o‘tkir, zahardan kuchli, eng achchiq va ziyonli narsani olib
kelinglar.
Hamma tarqalib ketibdi. Kenjasi yana til keltiribdi.
Bahrom shoh kenja o‘g‘lini taxtga loyiq deb topibdi. Chunki dunyoda tildan kuchli
narsa yo‘q. (H. Rahmatullayev. «Otamning rivoyatlari» kitobidan)
BAHRA OLMOQ – 1. Foyda, manfaat, naf olmoq. 2. Lazzat, huzur, rohat olmoq. 3.
Ilhomlanmoq, ruhlanmoq; ta’lim olmoq.
HIKMAT – 1. Aql-zakovat, donolik va uning ifodasi bo‘lgan, uni aks ettiruvchi gap-
so‘z; fikr; donolik belgisi. 2. Tagini anglash qiyin bo‘lgan, yashirin bir ma’no,
yashirin bir sabab.
NAFOSAT – Narsa va hodisalarning tashqi ko‘rinishidagi alohida mukammallikni,
mutanosiblikni ifodalovchi belgilar majmuyi; nafislik, go‘zallik, latofat.
IBRAT – Namuna, o‘rnak bo‘ladigan ish, xatti-harakat va shu kabilar.
(Manba: 9-sinf. 2019)
Do'stlaringiz bilan baham: |