Izoh: Qoliplar “Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarda tinish belgilarining qo‘llanishi”
mavzusida berilgan.
KO‘CHIRMA GAPLI QO‘SHMA GAPNING TUZILISHI
Bilib oling. Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplar doimo ikki qismdan – muallif gapi va
ko‘chirma gapdan tashkil topadi.
Misol, «Zap yigit ekansiz-da, Tursunalijon. Barakalla, barakalla», – dedi u. (A.
Muqimov)
176-mashq. Ko‘chiring. Muallif gapi va ko‘chirma gapni, ularning joylashish o‘rnini
aniqlang. Tinish belgilarining qo‘yilishiga e’tibor bering.
1. «Rahmat, ona qizim», – dedi muharrir mehri tovlanib. (Murod Muhammad Do‘st)
→ «K», – m.
2. «Ke, picha dam ol, chirog‘im, toza charchabsan», – dedi bobom. (Oybek)
→ «K», – m.
3. Kampir oyoq ostida o‘sgan o‘tdan yulib, kiyik tomon yura boshladi: «Ma, jonivor,
ma!» (Said Ahmad)
→ M: «K!»
4. «Shoshmang, Ahmadjon», – dedi yigit. (Abdulla Qahhor)
→ «K», – m.
5. Xalil bobo nevarasiga girgitton bo‘lib: «Hoy bolam, senga nima bo‘ldi? A? Nima
qildi, toychog‘im-a?», – der edi. (A. Muqimov)
→ M: «K?», – m.
6. «Zab yigit ekansiz-da, Tursunalijon. Barakalla, barakalla»,– dedi u. (A. Muqimov)
→ «K», – m.
178-mashq. O‘qing. Gaplarni qavs ichida berilgan muallif nomlaridan foydalangan
holda ko‘chirma gapli qo‘shma gapga aylantiring.
1. Xalqning ishonchini oqlash bar birimizning muqaddas burchimizdir. (Mirtemir)
→ _______________________________________________________________
2. Ertangi kunimiz bundan ham go‘zal bo‘ladi. (A. Oripov)
→ _______________________________________________________________
Do'stlaringiz bilan baham: |