Qoida. Zidlik, shart, payt munosabatlari bog‘lovchisiz, bog‘langan va ergash
gapli qo‘shma gaplar bilan ham ifodalanishi mumkin. Shunga ko‘ra ular bir-biriga
ma’nodosh bo‘la oladi.
Eslatma. Qo‘shma gaplar qismlarini bog‘lovchi vositalar lug‘aviy ma’nodoshlik
(chiroyli//go‘zal), grammatik ma’nodoshlik (akamga oldim // akam uchun oldim) kabi
o‘zaro ma’nodoshlikka ega. Ohang, teng bog‘lovchi va bog‘lovchi-yuklamalar
vazifadoshligini quyidagi misollar orqali ham ko‘rish mumkin:
1. Eshik ochildi, xonaga rassom kirib keldi.
2. Eshik ochildi va
xonaga rassom kirib keldi.
3. Eshik ochildi-da, xonaga rassom kirib keldi.
4. Eshik ochildi-yu, xonaga rassom kirib keldi.
5. Eshik ochildi hamda xonaga rassom kirib keldi.
1-topshiriq. Berilgan gaplarning turlarini ayting. Ular qanday farqlanayotganini
izohlang.
1. Bir kishi ariq ochadi, ming kishi suv ichadi.
→ Bog‘lovchisiz qo‘shma gap: ohang (vergul) yordamida
2. Bir kishi ariq ochadi va ming kishi suv ichadi.
→ Bog‘langan qo‘shma gap: teng bog‘lovchi (va) yordamida
3. Bir kishi ariq ochsa, ming kishi suv ichadi.
→ Ergashgan qo‘shma gap: shart mayli shakli (-sa) yordamida
155-mashq. Ko‘chiring. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarni bog‘langan va ergashgan
qo‘shma gapga aylantiring.
1. Qor yog‘di – don yog‘di. (Maqol)
→ Qor yog‘di, goyo don yog‘di. // Qor yog‘di-yu, don yog‘di.
2. Sir ko‘p olam qa’rida, Mo‘jizaga kon olam. (Usmon Azim)
→ Sir ko‘p olam qa’rida, chunki mo‘jizaga kon olam. // Sir ko‘p olam qa’rida va
mo‘jizaga kon olam.
3. Ayrilganni ayiq yer, Bo‘linganni bo‘ri yer. (Maqol)
→ Ayrilganni ayiq yesa, bo‘linganni bo‘ri yeydi. //Ayrilganni ayiq yer, Bo‘linganni
esa bo‘ri yer.
4. Yurgan daryo – o‘tirgan bo‘yra. (Maqol)
→ Yurgan daryo, go‘yo o‘tirgan bo‘yra. // Yurgan – daryo va o‘tirgan – bo‘yra.
158-mashq. Qo‘shma gaplarni bog‘langan, ergashgan va bog‘lovchisiz kabi turlarga
ajratib ko‘chiring. Bir qo‘shma gap turini boshqasiga aylantirishga harakat qiling.
(Namuna – 1-misol)
1. Sizning qistovingiz bilan ko‘nishga ko‘ndim-u, lekin o‘sha kundan beri o‘zimga
kelolmayman. (Erkin A’zam).
→ Bog‘langan qo‘shma gap
Do'stlaringiz bilan baham: |