IKKI NUQTA
Esda saqlang. Qo‘shma gap qismlari orasida izohlash munosabati ifodalanganda, ular
orasiga ikki nuqta qo‘yiladi.
(Bizning qarorimiz shu: hasharda barchamiz faol ishtirok etamiz)
Qo‘shimcha fikr: Ikki nuqta oʻrniga “ya᾽ni” soʻzini qoʻyib o‘qib ko‘rsa bo‘ladi.
Misollar:
Muallif: Fazliddin O‘taganov
https://t.me/Davlat_tili_uzbek_tili
26
→ Yuragida qanday dard bor: mana bu menga sir. (Oybek)
→ Ehtimol, sizda ham shunday hollar bo‘lgandir: tun yarmidan og‘ganda birdan
uyg‘onib ketasiz. (O‘.Hoshimov)
→ Sidiqjon to‘xtadi: orqasidan kimdir kelayotgan edi. (Abdulla Qahhor)
→ Mening bir jaydari falsafamdir shu: Hargiz iltimosga kuning qolmasin. (A. Oripov)
→ Qiz uni ushlab olgani urindi, juda qiynalib ketdi: qo‘llariga tikan kirdi, yuzi va
bilaklari tirmalandi. (Abdulla Qahhor)
→ Orzum shul: o‘chmasin yongan chirog‘ing. (A.Oripov)
→ Borliq jim: har bitta darchada zangor shu’lalar porlaydi. (E. Vohidov)
→ Quyoshning uyg‘onishi sen ta’riflagandan ham antiqa: tong nihoyatda go‘zal
bo‘ladi.
→ Traktorchilar tashvishlanib qolishdi: oziq-ovqat, yonilg‘i tugayapti.
→ Birinchidan, niyating pok bo‘lsin: Xudo seni qo‘llaydi. Ikkinchidan, borar
manzilingni aniq belgilab ol: yo‘ldan adashmaysan. Uchinchidan, matonatli bo‘l:
ortga chekinmaysan. (O‘ .Hoshimov)
→ Omon ovchining ov sarguzashtlari ko‘plarni qiziqtirardi: ko‘plari hikoya eshitish
uchun kelardi. (Sh.Xolmirzayev)
NUQTALI VERGUL
Qo‘shimcha ma’lumot: Qo‘shma gap qismlari mazmunan unchalik yaqin
Do'stlaringiz bilan baham: |