Qo‘shma gap qismlari va ularni bog‘lovchi vositalar bilib oling. Qo‘shma gapni tashkil etgan sodda gaplar qo‘shma gap qismlari sanaladi. Bu qismlarni


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/39
Sana09.06.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1474316
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   39
Bog'liq
Sintaksis 7

Muallif: Fazliddin O‘taganov 
 
https://t.me/Davlat_tili_uzbek_tili 
 
25 
→ Eshik ochildi, xonaga rassom kirib keldi. 
→ Zal jim, xalq parda ochilishini kutar edi. (Abdulla Qahhor) 
→ Gapning qisqasi yaxshi, Qisqasidan hissasi yaxshi. 
→ Donning achchig‘i yaxshi, So‘zning – shirini. 
→ Duo olgan omondir, Qarg‘ish olgan yomondir. 
→ Yomon gap – bosh qozig‘i, Yaxshi gap – jon ozig‘i. 
→ Yomon til boshga balo keltirar, Yaxshi til davlat, dunyo keltirar. 
→ Mana, shohona bo‘lmasa-da, boshpana kulbamiz bor, tanishib olamiz, 
gurunglashib chiqamiz. 
→ Tashqarida sovuq zabtiga olgan, izg‘irin uvullab, qor bo‘ralab yog‘ardi. 
→ Vaqt ham allamahal bo‘ldi, yigitlar, biz ham endi yotib uxlaylik. (T. Shomurodov) 
 Qattiq charchagan edim, nima deb javob berganimni bilmayman. (Said Ahmad) 
→ Har kim xato qilishi mumkin, faqat nodongina o‘z xatosini tan olmaydi. (Sitseron) 
→ Ikki dunyo ham mard va saxiylarniki, mard bo‘l, ikki olam bo‘lur seniki. 
(Nizomulmulk) 
→ Sabr bilan yumush bitar, sabrsizlar o‘z oyog‘idan ketar. (Sa'diy) 
→ Zakovat qorong‘i tundagi mash’al kabidir, bilim nur taratuvchi yorug‘likdir. (Yusuf 
Xos Hojib) 
TIRE 
 
Esda saqlang. Qo‘shma gap qismlari orasida o‘xshatish, zidlash, shart kabi 
munosabatlar ifodalanganda, ular orasiga tire qo‘yiladi.
(Hamal keldi – amal keldi) 
Misollar
 To‘rt mashina o‘g‘it yubordik – fermerlarga vaqtida taqsimlansin. 
→ G‘animlar duch kelar – jang bo‘lar puxta. (A. Oripov) 
 Suv keldi – nur keldi. (Maqol) 
 Til bor – millat bor. Til yo‘q - millat yo‘q. 
 Qor yog‘di – don yog‘di. (Maqol) 
→ Yurgan daryo – o‘tirgan bo‘yra. (Maqol) 
→ Endi nima bo‘lib shundoq bo‘lganini aytib o‘tirishga fursatim yo‘q – idorada 
odamlar kutib o‘tiribdi. (Abdulla Qahhor) 
→ Qo‘shning tinch – sen tinch. (Maqol) 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling