Qo‘shma gap qismlari va ularni bog‘lovchi vositalar bilib oling. Qo‘shma gapni tashkil etgan sodda gaplar qo‘shma gap qismlari sanaladi. Bu qismlarni
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Sintaksis 7
MATN VA LUG‘AT USTIDA ISHLASH
129-mashq. Gaplarni o‘qing, ularning qismlari o‘rtasidagi bog‘lanishni izohlang. 1. Katta arava qaysi yo‘ldan yursa, kichik arava ham xuddi shu yo‘ldan yuradi. (Maqol) → Vazifasi: aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gapni shakllantirish →Nisbiy so‘zli ergashgan qo‘shma gap → Katta arava yurgan yo‘ldan kichik arava ham yuradi. 2. Sevgi shunday navbahorki, u tikondan gul qilur. (E.Vohidov) → Vazifasi: aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gapni shakllantirish → Ko‘rsatish olmoshili ergashgan qo‘shma gap → Sevgi tikondan gul qiladigan navbahordir. 3. Kim yalqov bo‘lsa, uning qo‘lida obod yer ham xarob bo‘ladi. (Sobir Abdulla) → Vazifasi: aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gapni shakllantirish →Nisbiy so‘zli ergashgan qo‘shma gap →Yalqov bo‘lgan odamning qo‘lida obo dyer ham xarob bo‘ladi. 4. Men senga shunday narsalar keltirayki, ularni tushingda ham ko‘rmagansan. (Oybek) → Vazifasi: aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gapni shakllantirish → Ko‘rsatish olmoshili ergashgan qo‘shma gap → Men senga tushingda ham ko‘rmagan narsalarni keltiraman. 5. Kimning quroli bilim bo‘lsa, uning kelajagi porloq. (J.Abdullaxonov) → Vazifasi: aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gapni shakllantirish →Nisbiy so‘zli ergashgan qo‘shma gap → Quroli bilim bo‘lganning kelajagi porloq. Muallif: Fazliddin O‘taganov https://t.me/Davlat_tili_uzbek_tili 22 130-mashq. Ko‘chiring. Ergash va bosh gaplarni aniqlab, ergash gapni bosh gapga bog‘lovchi vositalarni ayting. (Namuna – 129-mashq) 1. Kasalini yashirsang, isitmasi oshkor qiladi. (Maqol) →________________________________________________________________ →________________________________________________________________ →________________________________________________________________ 2. Shuni esdan chiqarmaslik lozimki, johil odam har doim o‘zini boshqalardan ustun qo‘yadi. («Sharq hikmatlari »dan) →________________________________________________________________ →________________________________________________________________ →________________________________________________________________ 3. Seni hurmat qilishlarini istasang, o‘zingni hurmat qil. («Tafakkur gulshani») →________________________________________________________________ →________________________________________________________________ →________________________________________________________________ 4. Hurmat qilsang, hurmat ko‘rasan. (Maqol) →________________________________________________________________ →________________________________________________________________ →________________________________________________________________ Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling