Qo‘shma gap qismlari va ularni bog‘lovchi vositalar bilib oling. Qo‘shma gapni tashkil etgan sodda gaplar qo‘shma gap qismlari sanaladi. Bu qismlarni


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/39
Sana09.06.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1474316
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   39
Bog'liq
Sintaksis 7

Muallif: Fazliddin O‘taganov 
 
https://t.me/Davlat_tili_uzbek_tili 
 
18 
Ergash gap→______________________________________________________ 
KO‘RSATISH OLMOSHILI
ERGASHGAN QO‘SHMA GAPLAR (5) 
 
Bilib oling. Bosh gap tarkibidagi ko‘rsatish olmoshi ma’nosini izohlash uchun 
qo‘llangan ergash gaplar bosh gapga -ki yuklamasi yordamida bog‘lanadi. Bu 
yuklama bosh gap kesimi tarkibida bo‘ladi va ergash gap bosh gapdan vergul bilan 
ajratiladi. Ba’zan bu bo‘lak (ko‘rsatish olmoshi) qo‘llanmasligi ham mumkin, ammo 
uning o‘rni bilinib turadi. Bunday qoʻshma gapdagi bosh gap mazmuniga ergash gap 
va bosh gapning sodda gapga aylantirilgani sinonim boʻladi.
M: Biz shunday kutubxona bino qilaylikki, butun el qoshida manzur va mo‘tabar 
bo‘lsin ↔ Butun el qoshida manzur va mo‘tabar bo‘ladigan kutubxona bino qilaylik 
(Oybek) 
114-mashq. Gaplarni ko‘chiring, bosh gap tarkibida kelgan ko‘rsatish olmoshini 
aniqlang va vazifasini tushuntiring.
1. Shuni bilingki, aql bilan odob – jism bilan jon(toʻldiruvchi).
Vazifasi: to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gapni shakllantirish 
→ Aql bilan odob jism bilan jon ekanligini biling. 
2. Shuni esdan chiqarmaslik lozimki, aqlsizga so‘z uqtirgandan ko‘ra yelkada tosh 
tashish afzal. 
→ Vazifasi: to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gapni shakllantirish 
→ Aqlsizga so‘z uqtirgandan ko‘ra yelkada tosh tashish afzalligini sedan chiqarmaslik 
lozim. 
3. Shunga amin bo‘ldimki, serjahl boshda aql bo‘lmaydi.
→ Vazifasi: to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gapni shakllantirish 
→ Serjahl boshda aql bo‘lmasligiga amin bo‘ldim. 
4. Shundan ehtiyot bo‘lish lozimki, hamrohingiz aslo nodon bo‘lmasin.
→ Vazifasi: to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gapni shakllantirish 
→ Hamrohingiz aslo nodon bo‘lmasligidan ehtiyot bo‘lish lozim. 
5. Shuni doimo yodda tutish kerakki, nodon odamning gapi ko‘p bo‘ladi. («Sharq 
hikmatlari»dan) 
→ Vazifasi: to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gapni shakllantirish 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling