Qo‘shma gap qismlari va ularni bog‘lovchi vositalar bilib oling. Qo‘shma gapni tashkil etgan sodda gaplar qo‘shma gap qismlari sanaladi. Bu qismlarni


Najmiddin Komilov «Tafakkur karvonlari» asarida


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/39
Sana09.06.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1474316
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
Sintaksis 7

Najmiddin Komilov «Tafakkur karvonlari» asarida, – U Navoiyga bag‘ishlab kitob 
yozgan, uning mehrini qozongan yaqin kishisi, muxlisi, do‘sti edi». 
 
Esda saqlang. Ko‘chirma gaplar alohida abzas (xatboshi) ko‘rinishida yangi qatordan 
emas, balki muallif gapi bilan ketma-ket bir qatorda berilgan bo‘lsa, qo‘shtirnoqqa 
olinadi: Muning ustiga yana ta’na ham qilib qo‘ydi: «Kim olardi endi u kampirni?» 
(Cho‘lpon) 


Muallif: Fazliddin O‘taganov 
 
https://t.me/Davlat_tili_uzbek_tili 
 
32 
Agar ko‘chirma gap alohida abzas ko‘rinishida yangi qatordan berilgan bo‘lsa, 
qo‘shtirnoqqa olinmaydi va uning boshlanishi oldidan tire qo‘yiladi: 
Shunda keksa olim dedi: 
– O‘g‘lingizning dunyoda tengi bo‘lmaydi. (O‘.Umarbekov) 
 
183-mashq. Ko‘chiring. Muallif gapi va ko‘chirma gapni, ularning joylashish o‘rnini 
aniqlang. Tinish belgilarining qo‘yilishiga e’tibor bering. 
1. «Hunari va odobi bo‘lmagan kishidan, – deydi Mahmud Koshg‘ariy, – baxt va 
davlat ketadi».  
2. Abu Rayhon Beruniy aytadi: «Yaxshi xulq yaxshilikning alomatidir».  
3. Alisher Navoiy shunday demish: «Oz-oz o‘rganib, dono bo‘lur, Qatra-qatra yig‘ilib 
daryo bo‘lur».  
4. «Temur tuzuklari»da shunday deb bitilmish: «Tajribamdan ko‘rilgankim, azmi 
qat’iy, tadbirkor, hushyor, mard va shijoatli kishi mingta tadbirsiz, loqayd kishidan 
yaxshiroqdur». 
 
184-mashq. Ko‘chirma gap va muallif gapini aniqlab, tinish belgilarini qo‘yib, 
ko‘chiring. 
Izoh: Misolning o‘ziga tinish belgilarini belgilab qo‘yavering. 
1. Odob o‘rgatsalar, quloq sol deydi Yusufiy Birov odob o‘rgatsa, o‘rganmagan kishi 
hayvon kabidir.  
2. Alisher Navoiy deganlar Befoyda so‘zni ko‘p aytma va foydalig‘ so‘zni ko‘p 
eshiturdan qaytma.  
3. Navbat o‘ziga kelganda, ayvondan turib Maxdum baqirdi Ra’no, akangning qo‘liga 
suv quy! (Abdulla Qodiriy)  
4. Ha dedi Nafisa qat’iy qilib aytmoqchi emas edim, endi aytadigan bo‘ldim. (Asqad 
Muxtor) 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling