KO‘CHIRMA VA O‘ZLASHTIRMA GAPLAR
Bilib oling. Hech bir o‘zgarishsiz nutqqa olib kirilgan o‘zganing gapi ko‘chirma
gap, mazmuni saqlanib, shakli o‘zgartirilgan o‘zganing gapi esa o‘zlashtirma gap
hisoblanadi:
1. «Tabiat – bizning onamizdir», – dedi muallim. ↔ 2. Muallim tabiat(ning) onamiz
ekanligini aytdi.
185-186-mashqlardan misollar:
1. Amakim bizga uqtirdi: «Bir-biringiz bilan ahil bo‘linglar!».
→ Ko‘chirma gap
2. G‘afur G‘ulom Erkin Vohidovning mudragan aruzni uyg‘otib yuborganini, uni arab,
fors so‘zlaridan tozalab, sof o‘zbek g‘azalini yaratayotganini gapirdi.
→ O‘zlashtirma gap
3. Bir donishmand nasihatni olmaydigan odamning baxtsiz odam ekanligini
ta’kidlagan edi.
Muallif: Fazliddin O‘taganov
https://t.me/Davlat_tili_uzbek_tili
33
→ O‘zlashtirma gap
4. «Yaxshi fe’l bilan kishilar ko‘nglini olib, o‘zingni yomon qiliqlardan saqlab yasha»,
- deydi Ahmad Yugnakiy.
→ Ko‘chirma gap
189-mashq. Nuqtalar o‘rniga ko‘chirma gaplar qo‘ying. Ko‘chirma gaplarni
o‘zlashtirma gapga aylantiring.
1. Do‘stim dedi: «...
».
→________________________________________________________________
2. Sinfdoshim mendan so‘radi: «...
?»
→________________________________________________________________
3. O‘qituvchimiz: «...
», - dedi.
→________________________________________________________________
4. Maktab direktori o‘quvchilarga qarata dedi: «...
!»
→________________________________________________________________
Do'stlaringiz bilan baham: |