Muallif: Fazliddin O‘taganov
https://t.me/Davlat_tili_uzbek_tili
29
Javob: _____________________________________________________________
BARDOSH – 1. Chidam, sabr, toqat, dosh berish quvvati. 2. Iroda, qat’iyat.
MURUVVAT – Odamgarchilik yuzasidan qilingan yaxshilik; saxovat, himmat.
SHIJOAT – Harakat, faoliyatda mardona, jasoratli intilish; mardlik, jasorat.
KO‘CHIRMA GAPLI QO‘SHMA GAPLAR
Bilib oling. So‘zlovchi ba’zand o‘z nutqida birovning gapini
aynan keltiradi.
→Birovning aynan keltirilgan gapi ko‘chirma gap, so‘zlovchining gapi esa
muallif
gapi deyiladi.
→Muallif gapi va ko‘chirma gapdan tashkil topgan qo‘shma gapga
ko‘chirma gapli
qo‘shma gap deyiladi.
Izoh: Muallif gap alohida kesimli, ko‘chirma gap
alohida kesimli gap sanaladi,
shuning uchun ikkisi bir bo‘lib qo‘shma gapni hosil qiladi. Faqat birovning gapi
qatnashgan gapli qo‘shma gap…
171-mashq. Matnni o‘qing, ko‘chirma gaplarni aniqlang, ularning muallif gapidan
farqini tushuntiring.
Bir kishi ulug‘ bir hakimning ziyofatiga bordi. U behuda so‘zlarni haddan ortiq
ko‘p gapirdi va so‘z orasida: «Ko‘p so‘zladim. Endi so‘zlashni bas qilay», - dedi.
Hakim unga e’tiroz bildirdi: «Yo‘q, sen hali so‘z so‘zlaganing yo‘q!»
Dag‘al tillar go‘zal so‘zlar bunyod etmas,
To‘ti hech vaqt qarg‘a nutqin irod etmas. (« To‘tinoma»)
Do'stlaringiz bilan baham: