Qo‘shma gap qismlari va ularni bog‘lovchi vositalar bilib oling. Qo‘shma gapni tashkil etgan sodda gaplar qo‘shma gap qismlari sanaladi. Bu qismlarni
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Sintaksis 7
Izohlar:
→ Ko‘chirma gap tarkibidagi undov, kirishlar tushib qoladi; → Undalma to‘ldiruvchiga aylanadi. 191-mashq. Matnni o‘qing. Ko‘chirma gaplarni aniqlab, ularni o‘zlashtirma gaplarga aylantiring. Sinf bo‘yicha faqat Xolmatda motorli velosiped bor. U bolalarni velosipedi yoniga yo‘latmas, menga bo‘lsa hammaga eshittirib: «Ilhom, bir kataysa qilib kelmaysanmi?» – derdi. Bilaman, vazifani mendan ko‘chirayotgani uchun shunday qiladi. Bir kuni qiziq bo‘ldi. Yozma ishimni u ko‘chirayotganida, Iskandar aka payqab qoldi: «Sen do‘st emassan, – dedi Iskandar aka, – do‘st o‘rtog‘ini yengilning ostidan, og‘irning ustidan yurishga o‘rgatmaydi». Tanaffusda Xolmatni bir chetga tortdim-da: «Bundan keyin o‘qi. Endi daftar berish yo‘q», – dedim. (A. Ko‘chimov) → U bolalarni velosipedi yoniga yo‘latmas, menga bo‘lsa, hammaga eshittirib: «Ilhom, bir kataysa qilib kelmaysanmi?» – derdi. → U hammaga eshittirib mendan bir kataysa qilib kelish yoki kelmasligimni so‘rardi. → Yozma ishimni u ko‘chirayotganida, Iskandar aka payqab qoldi: «Sen do‘st emassan, – dedi Iskandar aka, – do‘st o‘rtog‘ini yengilning ostidan, og‘irning ustidan yurishga o‘rgatmaydi». → Iskandar aka mening do‘st emasligimni, do‘stning o‘rtog‘ini yengilning ostidan, og‘irning ustidan yurishga o‘rgatmasligini uqtirdi. → Tanaffusda Xolmatni bir chetga tortdim-da: «Bundan keyin o‘qi. Endi daftar berish yo‘q», – dedim. → Tanaffusda Xolmatni bir chetga tortib bundan keyin o‘qishini, endi daftar berish yo‘qligini aytdim. 192-mashq. Ko‘chirma gaplarni o‘zlashtirma gaplarga aylantiring va ular o‘rtasidagi farqlarni ayting. 1. Qadimgilar demishki: «O‘z uyim – o‘lan to‘shagim». →_______________________________________________________________ 2. «Kamgaplik, - deydi Hamid Olimjon, – donolik yo‘lining boshlanishi». →_______________________________________________________________ 3. Mahmudxo‘ja Behbudiy: «Maktab dunyo imoratlarining eng muqaddasi va qadrlisidir», – deb yozadi. →_______________________________________________________________ |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling