Qo‘shma gap qismlari va ularni bog‘lovchi vositalar bilib oling. Qo‘shma gapni tashkil etgan sodda gaplar qo‘shma gap qismlari sanaladi. Bu qismlarni


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/39
Sana09.06.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1474316
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   39
Bog'liq
Sintaksis 7

AYIRUV BOG‘LOVCHILARI YORDAMIDA


7
 
 
Ona tili. Qoida va Qarash/ Fazliddin O‘taganov 
BOG‘LANGAN QO‘SHMA GAPLAR 
 
Bilib oling. Ayiruv bog‘lovchilari qo‘shma gap qismlarini bog‘lash bilan 
birga ularda ifodalangan voqea-hodisalarning galma-gal ro‘y berishini yoki 
ularning faqat bittasining yuzaga chiqishini ta’kidlaydi. 
→ Yo (yoki) bog‘lovchisi yolg‘iz holda ham, takror holda ham qo‘llanilishi 
mumkin va bu bog‘lovchi qatnashgan qo‘shma gap har ikkisidan biri degan 
tushunchani anglatib keladi. Qolgan ayiruv bog‘lovchilari takror qo‘llaniladi va 
yozuvda takror qo‘llanayotgan bog‘lovchidan oldin vergul qo‘yiladi, hamda gap 
mazmuni galma-gallik ma’nosini anglatadi. 
57-mashq. Ko‘chiring. Qo‘shma gap qismlarini bog‘lovchi vositalarni va 
qismlar o‘rtasidagi mazmuniy munosabatlarni aniqlang. 
1. Uzoqlardan keng vodiy quchog‘ida goh ko‘m-ko‘k o‘t bosib yotgan yaylovlar 
ko‘rinadi, goh qop-qorong‘i daralar ko‘zga tashlanadi. (Oybek)
2. Tansiq goh shap-shup suv kechib yuradi, goh uning oyoqlari yelimday loyga 
botadi. (Oybek)
3. Mashinaning nuqsoni bo‘lsa, tuzatiladi, yo yana yaxshirog‘i yasaladi.(Abdulla 
Qahhor) 4. Yo zardo‘zi to‘ning to‘zibmi qoldi, Yoki so‘kildimi suvsar telpaging. 
(M. Lermontov) 
Izoh: 1-, 2-gaplar “galma-gallik” mazmuniga, 3-, 4-gaplar ularning faqat 
bittasining yuzaga chiqish” mazmuniga ega. 
 
60-mashqKo‘chiring. Ayiruv bog‘lovchilarining vazifalarini aniqlang. 
1. Men kuyladim goh dilda kadar, Goh sevinib she’r to‘qiyman men. (A. Oripov)  
→_____________________________________________________________ 
2. Har kuni oqshomlarda bu yo‘ldan goh paxta dalasidan qaytayotgan 
terimchilar o‘tib qoladi, goh paxta ortgan traktorlar u yoqdan bu yoqqa 
g‘izillaydi. (O. Yoqubov)  
→______________________________________________________________ 
3. Dasturxon ustida dam o‘zbek kuylari yangrardi, dam hind qo‘shiqlari ijro 
qilinardi. (Qamchibek Kenja)  
→______________________________________________________________ 
4. Ba’zan qurbaqalarning qurullashi quloqqa chalinib, kishiga rohat beradi, 
ba’zan itlarning vovullashi bu ovozlarni bosib ketadi. (Asqad Muxtor) 
→______________________________________________________________ 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling