bo‘lmagan yoki ketma-ket sodir bo‘ladigan voqealarni bildirgan va bir necha tinish
belgilari qo‘llangan hollarda nuqtali vergul ishlatiladi (Xadicha xola bolalik
chog‘idagi singari uning beliga non tugib berdi, peshonasidan o‘pdi, duo qildi; irim
qilib o‘zi kuzatgani chiqmadi).
Izoh: 9-sinf (2019) darsligida nuqtali vergul haqida ma’lumot yo‘q (bu ma’lumot
2014-yilgi nashrdan olindi), ammo 3 dona misoli bor.
Misollar:
→ Kampirning jig‘ibiyroni chiqdi; ombordan olib chiqqan bir savat paxtasi bilan
chig‘irig‘ini ko‘tarib, vaysaganicha, uyiga kirib ketdi. (Abdulla Qahhor)
→ Istiqlol davri bolalari g‘ayratli, shijoatli; ko‘zida chaqini, ko‘ksida yolqini bor.
→ Ishni uning maqsadi boshqarib turadi; buyuk maqsadga qaratilgan ish buyuk ish
deb hisoblanadi. (A.P. Chexov)
152-mashq. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarda tushirib qoldirilgan tinish belgilarini
joy-joyiga qo‘yib, gaplarni ko‘chiring.
1. Qadr-qimmat va izzat-e’tibor bilim tufaylidir bilimsiz zakovatsiz kishining bir kaft
tuproqcha ham qimmati yo‘qdir. (Yusuf Xos Hojib)
2. Takabburlik shayton ishi O‘zini katta olish nodon ishi. (Alisher Navoiy)
3. Halol-pokiza kishi doimo xotirjam-u tinchlikdadir birovga xiyonat-u yomonlik
qiladigan kishi halokatga giriftordir. (Zamaxshariy)
4. Fikrlash hayotdagi quvonch va katta baxtdir u insonning qudratli mashg‘ulotidir.
(Aristotel)
Muallif: Fazliddin O‘taganov
https://t.me/Davlat_tili_uzbek_tili
27
BOG‘LOVCHISIZ QO‘SHMA GAPLARNING BOSHQA QO‘SHMA GAP
TURLARI BILAN MA’NODOSHLIGI
Do'stlaringiz bilan baham: |