Qo‘shma Shtatlarning global yetakchi ekanligi hisobga olinsa, Oq uyni kim boshqarishi jahondagi barcha mintaqalar uchun birdek ahamiyatlidir. Yaqin Sharq mintaqasida esa bu yana-da dolzarb masala hisoblanadi


Download 0.9 Mb.
bet4/5
Sana26.01.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1128168
1   2   3   4   5
Bog'liq
Arab jurnalistikasi

Turkiya tashabbusi bilan Fransiya mahsulotlariga qarshi kampaniya avj nuqtasida bo‘lgan bir davrda “Al-Jazira”ning Fransiyadagi muxbiri Makron bilan suhbat uyushtirdi. Bu suhbat haqida bir qator arab nashrlari o‘z pozitsiyasini eʼlon qildi.

  • Turkiya tashabbusi bilan Fransiya mahsulotlariga qarshi kampaniya avj nuqtasida bo‘lgan bir davrda “Al-Jazira”ning Fransiyadagi muxbiri Makron bilan suhbat uyushtirdi. Bu suhbat haqida bir qator arab nashrlari o‘z pozitsiyasini eʼlon qildi.
  • “Alyavm As-sabiʼ” nashri “Bu suhbat “Al-Jazira” orbitasidagi kuzatuvchilarni hayratga soldi. Chunki, bu intervyu “Al-Jazira” va uning ortida turgan kuchlarning asl maqsadlarini ochib tashladi, “Makron bilan suhbat “Al-Jazira”ni fosh qildi”, deb yozdi.
  • “Al-Xalij on-layne” esa “Makronning bu qarori musulmonlar g‘azabini bosish uchun yetarlimi“, degan savolni qo‘ydi. Nashr “Chekinish yetarli emas”, Fransiya vaziyatni yumshatish uchun barcha musulmonlardan ochiqchasiga kechirim so‘rashi kerak, deb yozadi.

“Al-Axbar” nashri esa Makronning “Al-Jazira”ga kelishini to‘g‘ri qaror deya baholab, bu voqea millionlab g‘azablangan musulmonlarni tinchlantirish uchun qilingan ish ekanini aytgan.

  • “Al-Axbar” nashri esa Makronning “Al-Jazira”ga kelishini to‘g‘ri qaror deya baholab, bu voqea millionlab g‘azablangan musulmonlarni tinchlantirish uchun qilingan ish ekanini aytgan.
  • “Al-Jazira” va shu singari axborot portallari, shuningdek, mahalliy nashrlarning noxolis talqini qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini mazkur voqelik isbotlab berdi. “Al-Jazira” orqali yoritilgan bu kampaniya Markaziy Osiyo musulmonlarini ham chalg‘ita oldi. Qirg‘izistonning Jalolobod va O‘sh shaharlarida Fransiya prezidentining bayonotiga qarshi mitinglar bo‘lib o‘tdi.

“Al-Hurra” nashri Ozarboyjon va Armaniston o‘rtasidagi Tog‘li Qorabog‘ uchun ikki oylik kurashdan so‘ng erishilgan tinchlik shartnomasi va mazkur nizoda uchinchi tomonlarning manfaatlarini tahlil qildi. Nashrda yozilishicha, 1997 yildan beri mavjud va oxirgi ikki oyda jiddiy harbiy to‘qnashuvlarga sabab bo‘lgan hududiy nizo Rossiya manfatlari doirasida hal qilindi: “Bu qaror Putinning arman siyosatchilaridan xafsalasi pir bo‘lgani va mintaqada Turkiyaning siyosiy o‘yinchi sifatida qabul qilinganini ko‘rsatdi”.

  • “Al-Hurra” nashri Ozarboyjon va Armaniston o‘rtasidagi Tog‘li Qorabog‘ uchun ikki oylik kurashdan so‘ng erishilgan tinchlik shartnomasi va mazkur nizoda uchinchi tomonlarning manfaatlarini tahlil qildi. Nashrda yozilishicha, 1997 yildan beri mavjud va oxirgi ikki oyda jiddiy harbiy to‘qnashuvlarga sabab bo‘lgan hududiy nizo Rossiya manfatlari doirasida hal qilindi: “Bu qaror Putinning arman siyosatchilaridan xafsalasi pir bo‘lgani va mintaqada Turkiyaning siyosiy o‘yinchi sifatida qabul qilinganini ko‘rsatdi”.
  • “Al-Arab” nashri ham “Rossiya bu mintaqada hali-hamon katta taʼsirga ega ekanini isbotladi”, deb yozdi. Maqolada aytilishicha, bitimdan so‘ng Rossiya Kavkazda kimning taʼsiri kuchliligini ko‘rsatib qo‘ygan bo‘lsa-da, u hozir qaltis vaziyatda qolmoqda. Armanistonda keskinlashib borayotgan vaziyat sabab Pashinyan isteʼfoga chiqarilsa va Yerevanda g‘arbga yo‘naltirilgan kuchlar hokimiyatga kelsa, Rossiya Armanistondagi taʼsirini yo‘qotadi. Chunki hozir Armanistonda unga yordam berolmagan Kreml pozitsiyalariga qarshi jamoatchilik g‘azabi kuchayib bormoqda

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling