Qo‘shma Shtatlarning global yetakchi ekanligi hisobga olinsa, Oq uyni kim boshqarishi jahondagi barcha mintaqalar uchun birdek ahamiyatlidir. Yaqin Sharq mintaqasida esa bu yana-da dolzarb masala hisoblanadi


Download 0.9 Mb.
bet3/5
Sana26.01.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1128168
1   2   3   4   5
Bog'liq
Arab jurnalistikasi

“Al-Qudus Al-Arabiya” gazetasi Falastin xalqi Tramp mag‘lubiyatidan mamnunligi haqida maqola eʼlon qildi. Gazetada aytilishicha, falastinliklar Trampning prezidentlik davrida juda ko‘p azob chekishdi. Xususan, 2017 yil 6 dekabr kuni Tramp maʼmuriyati bosib olingan Quddusni Isroil poytaxti deb tan olganini rasman eʼlon qildi va 2018 yil may oyida o‘z elchixonasini Tel-Avivdan Quddusga ko‘chirdi. Shu bilan birga, falastinlik siyosatchilar Bayden g‘alabasi Amerikaning Isroilni dastaklashga qaratilgan “anʼanaviy” siyosatini o‘zgartirishi mumkinligini inkor qilmoqda.

  • “Al-Qudus Al-Arabiya” gazetasi Falastin xalqi Tramp mag‘lubiyatidan mamnunligi haqida maqola eʼlon qildi. Gazetada aytilishicha, falastinliklar Trampning prezidentlik davrida juda ko‘p azob chekishdi. Xususan, 2017 yil 6 dekabr kuni Tramp maʼmuriyati bosib olingan Quddusni Isroil poytaxti deb tan olganini rasman eʼlon qildi va 2018 yil may oyida o‘z elchixonasini Tel-Avivdan Quddusga ko‘chirdi. Shu bilan birga, falastinlik siyosatchilar Bayden g‘alabasi Amerikaning Isroilni dastaklashga qaratilgan “anʼanaviy” siyosatini o‘zgartirishi mumkinligini inkor qilmoqda.

“Al-Jazira” veb sahifasi Makronning “Men musulmonlarning his-tuyg‘ularini tushunaman va haqoratli karikaturalarni qabul qilmayman”, degan so‘zlaridan iqtibos keltirdi. Unda yozilishicha, Makron butun Islom dini haqida emas, balki mazkur dinni niqob qilib olgan ekstremistik guruhlar haqida gapirgan, u terrorizm qurbonlarining 80 foizi musulmonlar ekanligi va ushbu ekstremistik guruhlar Islom dinini buzib ko‘rsatayotganini taʼkidlagan. Fransiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, musulmonlarda uyg‘ongan salbiy hislar yolg‘on va noto‘g‘ri maʼlumotlar tufayli yuzaga keldi.

  • “Al-Jazira” veb sahifasi Makronning “Men musulmonlarning his-tuyg‘ularini tushunaman va haqoratli karikaturalarni qabul qilmayman”, degan so‘zlaridan iqtibos keltirdi. Unda yozilishicha, Makron butun Islom dini haqida emas, balki mazkur dinni niqob qilib olgan ekstremistik guruhlar haqida gapirgan, u terrorizm qurbonlarining 80 foizi musulmonlar ekanligi va ushbu ekstremistik guruhlar Islom dinini buzib ko‘rsatayotganini taʼkidlagan. Fransiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, musulmonlarda uyg‘ongan salbiy hislar yolg‘on va noto‘g‘ri maʼlumotlar tufayli yuzaga keldi.
  • Boykot bilan bog‘liq fitna va buning tashabbuskorlari haqida Misrning “Alyavm As-sabiʼ” nashri katta maqola eʼlon qildi. Unda yozilishicha, “Al-Jazira” telekanali Qatar va Turkiya hamkorligida Fransiyaga qarshi boshlangan kampaniyaning targ‘ibotchisi hisoblanadi. Aynan mazkur media-tarmoqning markaziy studiyasi orqali Fransiya mahsulotlarini boykot qilish kampaniyasi boshlab berilgan. Biroz vaqt avval Arab davlatlari Turkiya mahsulotlariga qarshi boykot eʼlon qildi, bundan Turkiya katta zarar ko‘rdi va endi g‘ildirakni Fransiya tarafga aylantirib yubordi.

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling