Qo‘shma sonlar ikki yoki undan ortiq sonning bog‘lanishidan tuzilgan sonlar: o‘n uch, bir yuz o‘n sakkiz. Tartib son


Download 1.87 Mb.
bet101/104
Sana13.05.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1456825
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   104
Bog'liq
1-maruza son. Sonning grammatik ma`nosi morfologik belgilari, s

271- mashq. O‘qing, otlashgan va otlashmagan ravishlarni topib, otlashgan ravishlarning so‘rog‘i, o‘zgarishi va gapdagi vazifasini aniqlang.
1. Ko‘plar uning ta’sirida she’riyat chiroyli so‘zlar o‘yinigina emas, balki yuksak ma’no ifoda etuvchi san’at ekanini angslaydigan bo‘ldilar. (L. Batь.) 2. Bog‘ ko‘chada yurardik Yalang oyoq ko‘pimiz. (Q. H.)

3. Bir oz ilmi ham bor, bir oz o‘qigan,


Biz oz so‘zamolu ulfatchi bir oz,
Bir oz kitob o‘qib, she’r ham to‘qigan...
Hamma narsadan u «bir oz-bir ozroq»,
SHu-chun tarafkashlik lozimdir unga.
Oshnagarchilik bo‘lmasa, bilar,

Hech kim boqmay qo‘yar «bir oz-bir ozga».


“Bir oz-bir oz” emas haqgo‘y va odil,
Dadil so‘zlovchilar chiqsin minbarga!
Oshnagarchiligini ko‘zlab so‘zlovchi,

Tarafkash «bir ozlar»ga beraylik zarba! (Mirm.)




272- mashq. O‘qing, ravish darajalarini aniqlang, ularni darajasiga ko‘ra uch ustunga yozib, daraja yasovchi vositalar tagiga chizing.
1. Norqo‘zi bilan yigitchasiga bir gaplashsin. (H. G‘.) 2. Samovarga, menimcha, kassirning hojati yo‘q, bu yigit katakdan ko‘ra dalaga ko‘proq yarashadi. (A. Q.) 3. SHukur, olamda yomondan ko‘ra yaxshi ko‘p. (H. N.) 4. Nazarida, bugun tong har galgidan ko‘ra barvaqtroq yorishayotgandek, shu yozuvni tezroq odamlarga ko‘rsatishga oshiqib vaqtli yorishayotgandek edi. (S. Ahm.) 5. Sen eng avval xavfsizlik texnikasini o‘rganishing kerak. (P. Q.) 6. Yomg‘ir bu yerda Toshkentdagidan ham mo‘lroq yoqqan, yo‘l loy... (H. G‘.) 7. Rostini aytsam, bundan sal burunroq yangi maktab ochilishi to‘g‘risida mish-mish gaplar eshitgandim. (N. S.)
273-mashq. O‘qing, tub va yasama ravishlarni aniqlang. Yasama ravishlarning yasalish usulini tushuntiring. Avval morfologik (affiksatsiya) usul bilan, keyin sintaktik (kompozitsiya) usul bilan yasalgan ravishlarni o‘zi bog‘lanib kelgan so‘z bilan birga ko‘chirib, ravishlarning tagiga chizing.
1. Kuniga savat-savat narsa tashib uzoq-yaqindan keladigan ota-onalariing xarxashasini aytmaysizmi! (S. Ahm.) 2. Ohu buloq izlaganday, seni deyman har zamon. (SH. Rustaveli.) Darvoqe, mehnat yashartirayotgan qariyalarimiz ozmuncha emas-ku! Yunus Rajabiy ham jo‘shqin hayotimiz yoshartirgan hamisha navqiron, hamisha quvnoq, e’tiborli va hurmatli qariyalarimizdandir. (S. Karomatov.)4. Nutqining eng haroratli, eng kuchli joyiga kelganda, artistona harakat qilib, raisga... ma’nodor qarab qo‘yardi. (S. Nazar.) 5. Jang olag‘ovuri to‘satdan boshlanganidek, birdan taqqa to‘xtadi. (N. T.) 6. Uning yurish-turishini kuzata-kuzata o‘z yuragida paydo bo‘lgan gaplarni birato‘la aytib olishni istar, lekin qulay fursat topmas edi. (S. Nazar.) 7. Kitobdagi so‘zlar Risolatga osonlikcha tutqich bergani yo‘q. (S. Karomatov.) 8. Katta nevarasi har kuni uni necha marta xilma-xil qilib suratga ola berdi. (A. Q.) 9. Anvar bilan Umida bir partada o‘n yil yonma-yon o‘tirib o‘qishdi. (S. Ahm.) 10. Gulxan atrofida o‘tirganlar birin-ketin keta boshlashdi. (Q. Abukov.) 11. Endi bu cho‘g‘ning yuzini butunlay kul bosgandek bo‘ldi. (S. Ahm.) 8. Qadimdan udum bo‘lgan bu odatni ular hamon yo‘ldan qatnaydigan qilib qo‘ydi. (S. Ahm.)

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling