Qo‘shma sonlar ikki yoki undan ortiq sonning bog‘lanishidan tuzilgan sonlar: o‘n uch, bir yuz o‘n sakkiz. Tartib son


Download 1.87 Mb.
bet103/104
Sana13.05.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1456825
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   104
Bog'liq
1-maruza son. Sonning grammatik ma`nosi morfologik belgilari, s

276-mashq. O‘qing, sifat, sifatdosh va ravishlarni topib, ular orasidagi o‘xshash va farqli tomonlarni tushuntiring.
1. Juvon o‘tdek chaqnab turgan ko‘zlarini katta-katta ochib menga qarab turardi. (S. Ahm.) 2. “Bu mug‘ambir, tantiq shahzoda Hirotda uzoq turolmaydi”,—dedi Husayn oldinda borayotgan otliqlarning do‘pir-do‘piriga quloq solarkan. (L. Batь.) 3. Mana endi vahshiy daryo dahshatidan, o‘rmondagi yirtqich hayvonlar hujumi xavfidan, tirikchilik mashaqqatlaridan butunlay qutulding. (S. Nazar.) 4. Hamma yoqda so‘lim va osuda yoz kechasi hokim. (S. Ahm.) 5. Birdan muzdek shamol esib, uning bahridilini ochib yubordi. (S. Ahm.) 6. Kran pastdan uncha baland ko‘rinmagan edi. (S. Ahm.) 7. Yodimizda go‘zal qo‘shiqlaringiz, Do‘stona, sermazmun, maroqli suhbat. Karpat tog‘idan ham kattaroq erur Bizga ko‘rgazilgan. ho‘rmat, muhabbat. (U.)
277- mashq. O‘qing, ravishlarni topib, to‘liq morfologik razbor qiling. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarni morfemalarga bo‘ling.
1. Attang, putyovkani shu yoqqa olmabsiz-da. (S. Ahm.) 2. Matluba qurilish kontorasiga ishga kelganiga picha bo‘lgandi. (E. Nosirov.) 3. U maktabga bizdan ikki yil ilgari kirgandi. (K. Abukov.)4. Ro‘parada egilib o‘sgan archa ko‘m-ko‘k yashnab turardi. (S. Yunusov.) 5. Ayriliqda o‘tgan vaqt ichida har ikkisida ham xiyla o‘zgarishlar yuz bergan, ammo ular hamon bir-birlariga intilardilar. (L. Batь.)
3-ilova Mustaqil ishlarni tekshirish; Talabalarning uyda mustaqil tarzda turli badiiy asarlardan olib kelgan mavzuga oid gaplari tahlil qilinadi. Javoblarning to‘g‘riligi talabalar tomonidan kuzatilib, tegishli o‘rinlarda tuzatishlar kiritilib boriladi.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR:
1. Ra­vishlar qo‘shimchalar yordamida qanday so‘z turkumlaridan yasaladi?
2. Qo‘shma ravishlar qanday yasaladi?
3. Qo‘shma ravishlar qaytarzda yoziladi?
4. Juft ravishlar qanday yasaladi?
5. Takroriy ravishlar qanday yasaladi?
6. O‘rin-payt va chiqish kelishigi shaklida ravishga aylangan so‘zlar haqida gapiring.
7. Qanday so‘zlar ravishga ko‘chadi?
8. Ravishlarning otlashishi haqida gapiring.
9. Sodda tub va sodda yasama ravishlarga 3 tadan misol keltiring.
10. Ham holat, ham daraja-miqdor ravishlari guruhiga kiruvchi so‘z haqida gapiring.
11. Sifatga boјlanib, belgining belgisini bildirgan ravishga misol keltiring.
12. Boshqa turkum so‘zlari ravishga aylan-ganda qanday qo‘shimchalarni olgan bo‘ladi?
13 Ravishlarning tuzilish jihatidan turlarini ayting.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling