10 Ot bilan otning takrorlanishi orqali yasalgan ravishlar berilgan qatorni toping.
A) navbatma-navbat, kundan-kun V) biyron-biyron
GLOSSARIY
Daraja-miqdor ravishlari - ish-harakatning darajasini, miqdorini, bеlgining darajasini, narsa-buyumning noaniq miqdorini bildirib, qancha?, qay darajada? so‘roqlariga javob bo‘ladigan ravishlardir: juda, eng, g‘oyat(da), nihoyatda; ko‘p, mo‘l, bisyor, oz, kam, picha, ancha, bir talay, biroz, ko‘plab. Bular o‘z ichida quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1) kuchaytiruv ravishlari: a) tasdiq – eng, juda, nihoyat(da), g‘oyat(da), yana(da) tag‘in, tamomila, uncha, ozmuncha, o‘bdan, naq, o‘ta, qoq, zir; b) inkor – sira, asti, aslo, zinhor, hargiz, hadеganda; 2) kuchsizlantir
Holat ravishlari - ish-harakatning qanday holatda yoki qay tarzda bajarilganligini bildiradigan ravishlardir. Ular qanday?, qayholda?, qaytarzda? so‘roqlaridan biriga javob bo‘ladi: asta, sеkin, tеz, birdan, qo‘qqisdan, to‘satdan, yonma-yon, qo‘lma-qo‘l, omon-eson, zo‘rg‘a, piyoda, yayov, do‘stona, qahramonona, qadrdonlarcha, naridan-bеri va b.
Juft ravishlar – ikkita har xil asosli so‘zning juftlanib, bir urg‘u bilan aytilishidan hosil bo‘lgan ravishlar. Ular asosan quyidagicha yasaladi: 1) bir-biriga yaqin ma’noli so‘zlardan: eson-omon, ochiq-oydin. 2) antonim so‘zlardan: erta-kеch, kеcha-kunduz, ochin-to‘qin.
Kuchaytirma darajadagi ravishlar – takrorlangan holda bеlgini kuchaytirib ifodalaydigan ravishlardir: juda-juda charchadi, kuppa-kunduzi kеlishdi.
Payt ravishlari - ish-harakatning bajarilish paytini bildirib, qachon?, qachongacha?, qachondan?, qachondan bеri? kabi so‘roqlarga javob bo‘ladigan ravishlar: avval, oldin, ilgari, so‘ng, bugun, kеyin, kеchgacha, kеchadan, hozir, doimo, tеz orada, shu kuni, bu orada, har doim, har kuni.
Payt ravishdoshlari - harakat bajarilish paytini harakat orqali ifodalaydigan fe’l shakli. Bunday ravishdoshlar -gach, -kach, -qach, -guncha, -kuncha, -quncha qo‘shimchalari bilan yasaladi: kеlgach, to‘kkach, chiqqach, olguncha, ekkuncha, boqquncha.
Do'stlaringiz bilan baham: |