7-ilova
Dasturlashtirilgan topshiriq savollari
1. Ravishlarning daraja ko‘rsatish xususiyatlari haqida gapiring
2. Sodda tub va sodda yasama ravishlarga 3 tadan misol keltiring
3.Sifatga bog‘lanib, belgining belgisini bildirgan ravishga misol keltiring.
8-ilova
Ravishlarda daraja
Ayrim ravishlar sifat kabi darajani ham bildiradi:
1) bosh daraja: U sekin yurdi;
2) qiyosiy daraja: Mashina tezroq yurdi. Sal oldinroq keldi.
3) orttirma daraja: Juda ko‘p paxtia terdi.
4) kuchaytirma daraja: juda-juda charchadi, kuppa-kunduzi kelishdi.
Ravishlarning yasalishi
Ravish yasovchi qo‘shimchalar bilan: g‘olibona, akalarcha.
Ravishlar quyidagi ravish yasovchi qo‘shimchalar yordamida boshqa so‘z turkumlaridan, shuningdek, ravishlardan ham yasaladi:
-cha: qisqacha, o‘zicha, boshqacha, buguncha, istagancha, o‘zbekcha, eskicha.
-larcha: qardoshlarcha, o‘rtoqlarcha.
-chasiga: yangichasiga, toshkentchasiga, dehqonchasiga.
-(s)iga: tikkasiga, yalpisiga, baravariga, birdaniga.
-ligicha: xomligicha,tirikligicha, butunligicha, ho‘lligicha.
-dek/-day: o‘qdek, qushday.
-lab: ertalab, ko‘plab.
So‘zlarni qo‘shib ravish yasash. Bunda qo‘shma, juft va takroriy ravishlar yasaladi. Qo‘shma ravishlar asosan ikki so‘zdan yasaladi va ularning quyidagi turlari ajratib yoziladi:
1) tarkibida u, bu, shu, o‘sha olmoshlari bo‘lgan payt va o‘rin ravishlari: u yoqqa, bu yoqqa, u erga, shu erda, o‘sha erda va b.
2) tarkibida har, hech, hamma, bir so‘zlari bo‘lgan ravishlar: har vaqt, har zamon, har qachon, hech vaqt, hamma vaqt, bir zum, bir necha, hech yoqqa, bir oz...
3) tarkibida alla- elementi bor bo‘lgan ravishlar qo‘shib yoziladi: allaqachon, allavaqt.
Biryo‘la, birmuncha, birvarakayiga, birpas, ozmuncha, birato‘la ravishlari ham qo‘shib yoziladi.
Juft ravishlarning tub ravishlardan hosil bo‘lganlari kam: asta-sekin, bugun-erta va b. O‘rin-payt kelishigidagi bahzi ot va olmoshlar ravishga ko‘chib, juft ravish hosil qilinadi: oyda-yilda, unda-bunda.
Bulardan tashqari, o‘rin-payt va chiqish kelishigidagi so‘zlarning ravishga aylanish holatlari ham uchraydi: yangidan, birdan, birga, boshda, charchamasdan, shoshmasdan, indamasdan kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |