Qo‘shma sonlar ikki yoki undan ortiq sonning bog‘lanishidan tuzilgan sonlar: o‘n uch, bir yuz o‘n sakkiz. Tartib son


Ravishlar quyidagi xususiyatlarga ega


Download 1.87 Mb.
bet41/104
Sana13.05.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1456825
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   104
Bog'liq
1-maruza son. Sonning grammatik ma`nosi morfologik belgilari, s

Ravishlar quyidagi xususiyatlarga ega:
1) biror so‘z bilan bog‘langanda, o‘z shaklini o‘zgartirmaydi, ya’ni so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchalarni olmaydi: tez yurdi;
2) o‘ziga xos yasalish tizimiga ega: kamtarona, birin-ketin, shu kuni;
3) harakat belgisini qisman bo‘lsa ham darajalab ko‘rsata oladi: tez, tezroq, juda tez.

4) gap tarkibida ko‘pincha hol (Ikkisi do‘stlarcha ko‘rishdi.) ot-kesim (Uning bahonasi ko‘p.), ba’zan otga bog‘lanib, aniqlovchi (Ko‘p odam to‘plandi. Uning yuzida bolalarcha samimiy kulgi zohir bo‘ldi.) bo‘lib keladi.



Ravishlarning ma’no jihatdan turlari

Ravishlar ma’no jihatdan olti turga bo‘linadi:
  1. Holat ravishlari


  2. Payt ravishlari


  3. O‘rin ravishlari


  4. Sabab ravishlari


  5. Maqsad ravishlari


  6. Daraja miqdor ravishlari




Holat ravishlari ish-harakatning qanday holatda yoki qay tarzda bajarilganligini bildirib, qanday?, qayholda?, qaytarzda? so‘roqlariga javob bo‘ladi: asta, sekin, tez, birdan, qo‘qqisdan, to‘satdan, yonma-yon, qo‘lma-qo‘l, omon-eson, zo‘rg‘a, piyoda, yayov, do‘stona, qahramonona, qadrdonlarcha, naridan-beri, yana, bazur(bahuzur) va b.

Payt ravishlari ish-harakatning bajarilish paytini bildirib, qachon?, qachongacha?, qachondan?, qachondan beri? kabi so‘roqlarga javob bo‘ladi: avval, oldin, ilgari, endi, hozircha, hanuz, hamisha, erta-indin, qishin-yozin, so‘ng, keyin, kechgacha, kechadan, hozir, doimo, tez orada, shu kuni, bu orada. Payt va o‘rin ravishlarini payt va o‘rin otlaridan farqlash lozim; agar kelishik qo‘shimchalari ajratilsa va otligicha qolsa, bu otdir: yozda, qishda, bahorda; ko‘chada, uydan; agar kelishik qo‘shimchasi ajralgandan keyin boshqa turkum so‘ziga aylansa, bu ravishdir: yaqinda, boshda (avval), kunda, chetda va b.

O‘rin ravishlari ish-harakatning bajarilish o‘rnini bildirib, qaerda?, qaerdan?, qaerga? so‘roqlariga javob bo‘ladi: oldinda, orqada, o‘ngda, chapda, quyidan, uzoqdan, ichkaridan, yuqoriga, berida, pastda, o‘rtada, tashqarida, olg‘a, u yoq-bu yoqqa va b.

Sabab ravishlari ish-harakatning bajarilish sababini bildirib, nega? so‘rog‘iga javob bo‘ladi: noiloj, ilojsiz(likdan), chorasiz(likdan)

Maqsad ravishlari ish-harakatning bajarilish maqsadini bildiradi va nega?, nima maqsadda? so‘roqlariga javob bo‘ladi: atay(in), ataylab, jo‘rttaga, qasddan, qasdma-qasdiga, azza-bazza

Daraja-miqdor ravishlari ish-harakatning darajasini, miqdorini, belgining darajasini, narsa-buyumning noaniq miqdorini bildirib, qancha? qaydarajada? so‘roqlariga javob bo‘ladi: juda, eng, g‘oyat(da), nihoyatda; ko‘p, mo‘l, bisyor, oz, kam, picha, ancha, bir talay, bir oz, ko‘plab. Bular o‘z ichida quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 1) kuchaytiruv ravishlari: a) tasdiq – eng, juda, nihoyat(da), g‘oyat(da), yana(da) tag‘in, tamomila, uncha, ozmuncha, nah, o‘ta, qoq, zir; b) inkor – sira, asti, aslo, zinhor, hargiz, hadeganda; 2) kuchsizlantiruv ravishlari: arang, zo‘rg‘a (bu so‘z sal so‘ziga sinonim bo‘lganidagina daraja-miqdor ravishi hisoblanadi, boshqa o‘rinlarda holat ravishidir: Tutun orasidan zo‘rg‘a (sal) ko‘rinar edi), zo‘r-bazo‘r, xiyol, sal, sal-pal.


Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling