7 Qorong‘ida dala aylanib, nimani ham ko‘rardingiz. Bu gapda qaysi zamon ma’nosi ifodalangan?
A) o‘tgan zamon V) hozirgi zamon S) kelasi zamon D) hozirgi va kelasi zamon E) zamon ma’nosi ifodalanmagan
8 Musobaqa g‘olibi minbarga ko‘tariladi (qarsaklar). Mustaqil O‘zbekistonning madhiyasi yangraydi. Ushbu gapda qaysi zamon ma’nosi ifodalangan?
A) hozirgi zamon V) o‘tgan zamon
S) uzoq o‘tgan zamon D) hozirgi-kelasi zamon E) kelasi zamon.
9. O‘tgan zamon davom fe’li qaysi qatorda qo‘llangan?
A) Gimnastika badan g‘uborini tozaslaydi. V) Bu shovqin-suron hech nimani isbotlamadi. S) Uchrashuv do‘stona va samimiy sharoitda o‘tdi. D) Bu institutning dovrug‘ini ko‘p eshitganman. E) Cho‘lning taqir betida bir parcha qor ko‘rinmas edi.
10.Otdan yasalgan fe’llarni toping.
A) ko‘kish, borish, ishlash V) tuzla, davola, suvsa S) kelay, yozay, to‘qi
D) yozar, oqar, cho‘zar E) yig‘in, tugun, yashirin.
7-ilova
Talabalarning mustaqil izlanishlari uchun topshiriqlar:
Badiiy asarlardan shu mavzuga doir misollar to‘plab, tahlil qilish.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatida berilgan darsliklardan hozirgi va kelasi zamon fe’llari bo‘yicha berilgan ma’lumotlarni konspektlashtirish
GLOSSARIY
Turlanish - otlarning kеlishik yoki egalik qo‘shimchalarini olib o‘zgarishi: bolaning, dalani, kitobga, uyda, ko‘chadan; ko‘ylagim, bobong, onasi.
Tuslanish - fе’lning shaxs-son qo‘shimchalarini olib o‘zgarishi: bordim, bording, bordik, bordingiz, boraman, borasan, boray, borgin, borsin.
Tuslanadigan ravishdoshlar - -b(-ib), -a,-y, -gudеk qo‘shimchalari bilan yasalib, shaxs-son qo‘shimchlari yordamida o‘zgaradigan ravishdoshlar: boribman, ko‘rasan, o‘qiyman, o‘qigudеksan.
Tuslanmaydigan ravishdoshlar - -gach(-kach, qach), guncha(-kuncha, quncha), gani (-kani, -qani, -gali) qo‘shimchalari bilan yasalib, shaxs-son qo‘shimchlarini qabul qilmaydigan ravishdoshlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |