Qo‘shma sonlar ikki yoki undan ortiq sonning bog‘lanishidan tuzilgan sonlar: o‘n uch, bir yuz o‘n sakkiz. Tartib son


-4-5-amaliy mashg`ulot: FE`L. FE`LNING GRAMMATIK XUSUSIYATLARI. FE`L NISBATLARINING GRAMMATIK MA`NOSI VA SHAKLLARI


Download 1.87 Mb.
bet81/104
Sana13.05.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1456825
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   104
Bog'liq
1-maruza son. Sonning grammatik ma`nosi morfologik belgilari, s

3-4-5-amaliy mashg`ulot: FE`L. FE`LNING GRAMMATIK XUSUSIYATLARI. FE`L NISBATLARINING GRAMMATIK MA`NOSI VA SHAKLLARI.

FE`LNING VAZIFADOSH SHAKLLARI…..
Fe’llar ish-harakatni yoki holatni atab keladi. Holatni atab kelganda ham uni jarayon tarzida bir holatdan ikkinchi holatga o’tish ma’nosi bilan beradi. Daraxt — ko’k –sifat-kesim; daraxtning barqaror, turg’un belgisini ifodalab kelmoqda. Daraxt ko’kardi– fe’l-kesim, daraxtning bir holatdan ikkinchi holatga o’tishini harakat, jarayon sifatida ifodalab kelmoqda. Shuning uchun harakat, jarayon ma’nosi fe’llarning umumiy ma’nosini tashkil etadi. Bu ma’no barcha fe’llar uchun xosdir. Fe’l nima qilmoq? so’rog’iga javob bo’ladi: yozmoq, o’qimoq, bormoq, o’tirmoq kabi. Fe’l anglatgan ish-harakat, holat biror kimsa yoki narsa tomonidan bajariladi. Bu kimsa yoki narsa harakatning bajaruvchisi deyiladi.

1-ilova
Mualliflar R. Ikromova, D.Muhamedova, M.Hamroyevlarning “Ona tilidan” mashqlar to‘plami kitobidan quyidagi mashqlar bajariladi


223-mashq. O‘qing, o‘timli va o‘timsiz fe’llarni topib, ma’nolaridagi farqni tushuntiring. Avval o‘timli, keyin o‘timsiz fe’llar ishtirok etgan gaplarni ko‘chiring.
Shu o‘rinda olis zamonlarda o‘tgan ajdodimiz SHiroqning Vatan yo‘lidagi buyuk fidokorligi yodimga tushadi. Biz bu odamning oddiy cho‘pon bo‘lganini bilamiz, xolos. Uning o‘zi qanaqa odam bo‘lgan, yoshmi, keksami, bola-chaqalari bo‘lganmi-yo‘qmi ekanidan butunlay bexabarmiz. Lekin shuni aniq aytish mumkinki, u biror maktabda o‘qib, xat-savod chiqarmagan bo‘lsa kerak. Yana shunisi aniqki, u televizor ko‘rmagan, radio eshitmagan, gazeta o‘qimagan. Binobarin, Vatanni sevish, unga jon fido qilish kerakligi haqidagi xitoblar-u siyqasi chiqqan balandparvoz chaqiriqlarni eshitmagan. Lekin yurtiga bostirib kelgan yovni sahroga olib borib adashtirib kelishga qaror qilganida, sahrodan o‘zining ham sog‘ qaytib kelmasligini yaxshi bilgan. Demak, ona-Vatanini yovdan saqlab qolish uchun ongli ravishda jonini qurbon qilishga otlangan. (O. Sharafiddinov)


Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling