3. Ravish qaysi qatordagi gapda harakat belgisini darajalab ko‘rsatyapti?
A) Majlis kech tugadi. V) U ancha jo‘yaklarni oralab chiqdi. S) Majlisga ko‘proq ota-ona kelsa, yaxshi bo‘ladi. D) Bahodir darsdan ertaroq qaytdi. E) Ko‘pni ko‘rgan ko‘p bilar.
4 So‘zlarni takrorlab ravish yasashda qaysi kelishik qo‘shimchalari faol qatnashadi?
A) chiqish kelishigi V) jo‘nalish kelishigi S) tushum kelishigi D) o‘rin-payt kelishigi E) qaratqich kelishigi
5. Sharofat bibi ro‘molini salgina tuzatib, so‘ri tomon asta yurib bordi. Ushbu gapda ravishning qaysi turi qo‘langan?
A) o‘rin, holat, daraja-miqdor ravishlari V) daraja-miqdor ravishi S) holat ravishi, o‘rin ravishi D) holat ravishlari E) holat, daraja-miqdor ravishlari
6 Qaysi qatordagi qo‘shma ravish ajratib yoziladi?
A) birpas V) birzum S) biryo‘la
D) qayvaqt E) birvarakay
7 Maqsad ravishi qatnashgan gapni toping.
A) Horib-charchab, zo‘rg‘a-zo‘rg‘a oyoq tashlab, yotoqxonalariga qaytgan vaqtlarida yarim kechadan ancha o‘tib qolgan edi. V) Bu yil azamat dehqonlarimiz fidokorona mehnat qildi. S) Siz odamlarga yaxshi ko‘rinish uchun shunday qilsangiz kerak. D) Erta ekkan xirmon qilur, kech ekkan armon qilur. E) Omonovdek odam sizni tabriklash uchun azza-bazza direktor xonasidan chiqib kelarmidi?
8.Qaysi qatordagi gapda ravish qatnashgan?
A) Bozorda qari cholni o‘g‘ri deya tutdilar, Ura-sura sho‘rlikni podsho sari eltdilar. (H. Olimjon) B) Agar Oftobxon kirib qolmasa, onangdan ajrala yozgan ekansan. C) Bitta emas qo‘ling, qizim, Ikkita-ku, sanab boq: Sanab ko‘rar, yana jim... (T. To‘la)
D) Surishtirib qarasa, Jonfig‘on faqat o‘n etti kun ishlabdi, xolos.
(A. Qahhor) E) U Toshkentda o‘qiydi.
9 Ravishning asosiy morfologik belgisi qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) ravish biror so‘z bilan bog‘lanib, birikma hosil qilganda, hech qanday so‘z o‘zgartiruvchi affiks olmaydi. V) ravish o‘ziga xos yasovchi affikslarga ega.
S) Ravish gapda hol vazifasini bajaradi. D) V va S E) A va V
Do'stlaringiz bilan baham: |