186-mashq. Gaplarni o‘qing. Ot o‘rnida kelgan sonlarni aniqlab, gapdagi vazifasini ayting.
1. Kanikul tugagach, Rohatoy beshinchi kursda, Asqarjon aspiranturada o‘qishni boshlashdi. (R. Fayziy.) 2. Bir tovoq suyuq atalani ikkimiz bir qoshiqda talashib ichardik. (N. S.) 3. Demak, bir ming ikki yuz ellik oltini ikkiga ko‘paytiramiz. (N. Biryukov.) 4. Kichkinagina budilьnikning yorishib turgan mili beshni ko‘rsatardi. (Yu. Semyonov.) 5. Uch hovlida yolg‘iz bitta bola bo‘lib, u har safar ko‘chma do‘konni birinchi bo‘lib ko‘rar edi. (CH. Ayt.) 6. Uchinchi qo‘shni Roziya opa bolalar yaslisida murabbiya bo‘lib ishlardi. (M. Muhamedov.) 7. Lekin esingda bo‘lsin, yigirma beshinchida qandaydir noma’qulchilik sodir bo‘lgan. (L. SH.) 8. Yo‘l tuzatuvchi ishchilarning yigirma beshinchi baragi yonidan o‘tib ketayotganida parovoz hushtak chaldi. (L. SH.)
187-mashk. O‘qing. Miqdor va dona sonlarni aniqlab, qanday so‘z bilan bog‘langanini ayting. Oltita gapni tanlab ko‘chiring, sonlarning gapdagi vazifasini aniqlab, tegishli chiziq bilan belgilang.
1. Yana Yoqub otasiga yo‘llamoqchi bo‘lgan maktubida zumradning besh fazilati, yetti nuqsoni, sakkiz xil tusi va o‘n ikki bahosini ham yozib yubordi. (K. Moiseeva.) 2. To‘planishgan edi uch o‘rtoq: Paxtakoru olim, agronom. (Mirm.) 3. To‘qayda o‘n qadam oldinroq yurgan otliqning boshi ko‘rinmay ketardi. (S. Ahm.) 4. Ancha zo‘r kitoblar yozib tashlabman, Besh jild qilsammikin yoki olti jild! (As. M.) 5. G‘ulomjon bilan Qosimov oldiga ofitsiantka... o‘n six kabobni olib kelib qo‘ydi. (H. Nu’mon, A. SHorahmedov.) 6. SHu qishloqda yashar edi Uch qiz, uchta dugona. (SH.) 7. Ish shu qadar qiziganki, bir odam o‘n odam ishini qilyapti. (N. Biryukov.) 8. G‘o‘za tuplaridan birida ikki yuz ellik yetti ko‘sak sanadim-a! (N. Biryukov.)
188- mashq. Gaplarni ko‘chiring. Dona sonlarni topib, yasalishini tushuntiring.
1. Oq tunukadan yasalgan ikki paqirni menga berib, to‘rttasini akamning o‘zi ko‘tardi. (N. S.) 2. To‘qqiz nafar libos: bari ipaklik. (H. G‘.) 3. Yuzta dastgoh, shuncha usta, mingta ketmon ko‘raman desam, Norxo‘janing xuddi o‘ziga o‘xshash to‘rtta bekorchi, o‘tmaydigan ketmonga sop yo‘nib o‘tiribdi. (H. G‘.)
Do'stlaringiz bilan baham: |