Qotishmalar. Reja


Alyuminiyning misli qotishmalari


Download 33.02 Kb.
bet4/4
Sana28.01.2023
Hajmi33.02 Kb.
#1135013
1   2   3   4
Bog'liq
6. Qotishmalar.

2. Alyuminiyning misli qotishmalari. Bu qotishmalar tarkibida misning miqdori 4–5% bo‘lib, qolgan qismi boshqa elementlardan iborat bo‘ladi. Bu qotishmalarni quyilish xossalari pastroq bo‘lib, darzlar hosil qilishga moyilroqdir. Shu sababli, bu qotishmalardan (AL7 va AL9) unchalik kata bo‘lmagan oddiy shaklli quymalar (armaturalar, kronshteynlar) olishda foydalaniladi.
3. Alyuminiyning mis, kremniyli qotishmalari. (AL3, AL5, AL6) bu qotishmalarning xossasi I va II guruh qotishmalariga yaqinroq bo‘ladi.
4. Alyuminiyning magniyli qotishmalari. Bu qotishmalarda magniyning miqdori 12%gacha bo‘lib, qisman boshqa elementlar ham bo‘ladi. Bu qotishmalarning ham quyilish xossalari pastroq bo‘ladi. Lekin korroziyabardoshligi, mexanik xossalari va kesib ishlanilishi yaxshi bo‘lib, nam atmosfera sharoitida ishlaydigan quymalar olishda foydalaniladi.
5. Alyuminiyning murakkab tartibli qotishmalari. Bu qotishmalar tarkibida ma’lum miqdorda boshqa elementlar ham bo‘lib, ular yuqoridagi qotishmalardan puxtaligi, o‘tga chidamligi va boshqa xossalari bilan farq qiladi. Masalan, bu guruh qotishmalarining AL1 markasidan porshenlar, silindr kabi detallar zagotovkalarni quyish yo‘li bilan tayyorlanadi. Shuni ham qayd etish lozimki, ba’zan kukun metallurgiya yo‘li bilan olinadigan alyuminiy qotishmalaridan ham foydalaniladi. Bunday qotishmalarni olish uchun Al asosida olingan kukunlarga zarur elementlar qo‘shib, ulardan olingan yarim mahsulotlar yuqori tempera-turada qizdiriladi.
Masalan, A09-2, A020-1, AN-2,5 markalari nisbatan yuqori temperaturagacha chidamligi, antifriksionligi bilan boshqa qotishmalardan farq qiladi.
Antifriksion qotishmalar. Bu qotishmalar Sn, Fe, Cu, Al elementlari asosida olinib, sirpanish podshipniklarining vkladishlari, ya’ni val bilan ishqalanib ishlaydigan yuzalari tayyorlanadigan qotishmalarga antifriksion qotishmalar deyiladi. Bu materiallar val sirtiga oson moslanuvchan, yetarli darajada yuqori mexanik xossalarga ega bo‘lgan, o‘zida moyni saqlay olishi, ishqalanish koeffisiyenti kichik, issiqlikni yaxshi o‘tkazishi, korroziya-bardoshligi va suyuqlanish temperaturasi deyarli past bo‘lgan xususiyatlarga ega bo‘lmog‘i lozim. Bunday talablarga javob beradigan materiallarga babbitlar, bronzalar, antifriksion cho‘yanlar va boshqa materiallar kiradi. Shuni qayd etish lozimki, bunday qotishmalarda puxta, nisbatan plastik va qovushoq asosida tayanch vazifasini o‘taydigan qattiq qo‘shimchalar bo‘ladi. Ish jarayonida asos materiali tez yeyilib, mikroskopik ariqchalar hosil bo‘lib, ularga moy o‘tib, yuzani moylab turadi, yeyilish mahsulotlari esa moyga o‘tadi. Shu boisdan moy vaqti-vaqti bilan almashtiriladi. Ma’lumki, qalayli babbitning narxi qimmat, shu boisdan ulardan og‘ir sharoitda ishlovchi podshipnik vkladishlaridagina foydalaniladi. Boshqa hollarda qalay tejash uchun qo‘rg‘oshin, surma, mis, nikel va boshqa elementlar
qo‘shiladi. Antifriksion materiallar sifatida bronzalar (BrOSS5-5-5, BrOSS4-4-17, BrS30) latun, cho‘yan, tekstolit, rezina va boshqa materiallardan ham foydalaniladi.

Qotishmalarning sovish egri chiziqlari asositsa holat diagrammasining tuzilishio`zgaradi, chunki evtetik qotishma o`zgarmas temperaturada kristallanadi. Evtektik qotishma kristallanib bo`lgandan keyin, temperatura se chiziq bo`ylab yana bir tekisda pasaya boshlaydi.


Ikki metalldan iborat har xil tarkibli qotishmalarning yuqorida bayon etilgan yo`l bilan hosil qilingan bir nechta sovish egri. chizig`i asosida shu sistemaning holat diagrammasi tuziladi.

Xulosa
Qotishmalarning xossalari ular komponentlarining xossalaridan ko`p jihatdan farq qiladi va odatda ayni komponentlar xossalarining o`rtacha arifmetik qiymati bo'la olmaydi, chunki bu komponentlar qo`shib suyuqlantirilganda turli limyoviy birikmalar yoki qattiq eritmalar hosil bo`ladi.
Qotishmalarning suyuqlanish temperaturasi, ko`pincha, shu qotishma tarkibidagi eng oson suyuqlanadigan metallning suyuqlanish temperaturasidan past bo`ladi. 4 og. qism qo`rg`oshin, 2 og. qism qalay, 6 og qism vismut va 1 og qism kadmiydan iborat qotishma suyuqlanish temperaturasi eng past qotishmaga misol bo`la oladi. Bu qotishma 75° S ga yaqin temperaturada suyuqlanadi, holbuki, yuqorida bayon etilgan to`rt xil metallning eng oson suyuqlanadigani qalay bo`lib, uning suyuqlanish temperaturasi 231,9° S ga teng.
Aksincha, qotishmalar, odatda, shu qotishmani tashkil etgan metallarning har biridan qattiq bo`ladi. Tarkibida qattiq eritmalar bor qotishmalar juda qattiq va puxta bo`ladi. Metallar ko`shib suyuqlantirilganda ayni metallarning kimyoviy birikmalari hosil bo`lsa, qotishma yanada qattiq va mo`rt bo`ladi.


Foydalanilgan adabiyotlar.

  1. Tshaboev, M.Nishonovlarning Anorganik Kimyo,

Internet sayt
Arxiv.uz
Download 33.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling