Qozog’istonning iqtisodiy rayonlari. Markaziy qozog`iston iqtisodiy rayoni. Reja
Download 18.86 Kb.
|
Qozog’istonning iqtisodiy rayonlari. Markaziy qozog`iston iqtiso (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar: Geografik o`rni, chegaralari, relyefi, iqlimi, suv resurslari, tuproq, o`simlik, hayvonot dunyosi, sanoati, qishloq xo`jaligi, transporti, shaharlari.
- MARKAZIY QOZOG’ISTON IQTISODIY RAYONI
Aim.uz Qozog’istonning iqtisodiy rayonlari. Markaziy qozog`iston iqtisodiy rayoni. Reja: Qozog`istonning iqtisodiy rayonlari. Markaziy qozog`iston iqtisodiy rayonining geografik o`rni, tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari. Markaziy qozog`istonning xalq xo`jalik tarmoqlarini geografik joylashuvi. Markaziy qozog`istonning shaharlari. Tayanch iboralar: Geografik o`rni, chegaralari, relyefi, iqlimi, suv resurslari, tuproq, o`simlik, hayvonot dunyosi, sanoati, qishloq xo`jaligi, transporti, shaharlari. Qozog’iston kelajakda iqtisodiy jihatdan juda kuchli rivojlanish imkoniyatiga ega bo'’gan Respublika hisoblanadi.Hozirgi kunda Respublika xalq xo’jaligining asosiy uch tarmoqi sanoat, qishloq xo’jaligi,transport va shularga xizmat qiluvchi tarmoqlar rivojlangan. Xalq xo’jaligining yuqoridagi nomlari tilga olingan tarmoqlar nafaqat respublika ahamiyatiga ega bo’libgina qolmasdan balki xalqaro ahamiyatga egadir.Respublika iqtisodiyoti 30-50 yillarda juda kuchli rivojlanadi,yangidan-yangi transport majmualari qurib ishga tishirildi.Natijada respublikaning ichki qismida geografik mehnat taqsimoti tarkib topdi.Bu esa o’z navbatida respublikada asta-sekinlik bilan Markaziy, Sharqiy, G’arbiy, Shimoliy va Janubiy iqtisodiy rayonlarining tarkib topishiga olib keldi.Ushbu iqtisodiy rayonlar tarkibiga kiruvchi xalq xo’jalik tarmoqlari bilan uzviy ravishda bog’langan.Bular respublikaning barcha iqtisodiy rayonlarining bir-biri bilan uzviy bog’liq ravishda rivojlanishiga olib keladi. MARKAZIY QOZOG’ISTON IQTISODIY RAYONI Qarag’anda va Jezqazg’an viloyatlarini o’z ichiga oladi.Maydoni 398,8 ming kv km.aholisi 1mln.750 ming kishidan ortiq. Geografik o’rni ,tabiiy sharoiti va resurslari.Markaziy Qozog’iston Respublikasi hududining o’rta qismini Nura va Sarisu daryolari havzalari egallaydi.Rayon g’arbda Ural va sharqda Kuzbast rayonlari bilan deyarli bir xil uzoqlikdagi masofada joylahsgan.Rayonlarning geografik o’rni uning Uralga asosan kokslanuvchi ko’mir yetkazib beruvchi rayon sifatida tarkib topishiga olib keldi.Iqtisodiy rayonni Respublika hududining markaziy qismida joylashganligi uning iqlimining quruq va kontinental iqlimga ega bo’lishiga,chuchuk suvning yetishmasligiga olib keladi. Markaziy Qozog’iston Respublikasida ma’danli boyliklar juda ko’p tarqalgan rayon hisoblanadi.Rayon hududida yoqilg’i, metallurgiya, kimyo, qurulish sanoatini rivojlantirish uchun yetarli darajada mineral xom ashyo resurslari mavjud. Bu yerdagi Qarag’anda kokslanuvchi ko’miri, Jezqazg’an, Qo’ng’irot, Sayak mis konlari shularga misol bo’la oladi.Bundan tashqari rayon hududida juda ko’plab temir va marganes ruda konlari, polimetall konlari mavjud. Iqtisodiy rayonda qazilma boyliklar bir-birlariga yaqin joylashgan.Bu esa ulardan kompleks foydalanish imkoniyatini beradi. Markaziy Qozog’istonning tabiiy sharoiti dehqonchilikni rivojlantirish uchun uncha qulay emas.Chunki rayon iqlimi kontiental,qishi sovuq,yoz issiq va quruq.Yog’ingarchilik kam tushadi.Bu esa bahorikor dehqonchilik qilish imkoniyatini beradi.Rayon shimoliy qismida quruq dasht zonadan iborat bo’lib bu yerda to’q tusli kashtan tuproqlari tarqalgan. Iqtisodiy rayonda daryolar kam.Shu sababli Markaziy Qozog’istonda suv ta’minoti muhim masala hisoblanadi.Rayonda suv ta’minotini yaxshilash uchun Nura, Jezqazg’an, Qarsakpay suv omborlari uzunligi 500 km. ga teng.Irtish-Qarag’anda kanali qazib ishga tushirilgan. Markaziy Qozog’iston aholisi soni jihatidan respublika iqtisodiy rayonlari ichida to’rtinchi o’rinni egallaydi.Rayonda respublika aholisining 11%ga yaqini yashaydi.Aholi siyrak joylashgan va u 1kv km ga 4,3 kishini tahskil etadi. Aholi Nura daryosi havzasida,Qarag’anda-Ostona temir yo’l yoqalarida ancha zich joylashgan.Bu rayonlar dehqonchilik uchun qulay joy hisoblanadi.Aholining 86% shaharlarda yashaydi.Demak rayonda sanoat yetakchi tarmoq hisoblanadi. Download 18.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling