Temirtov. (aholisi 212ming kishi) Qarag’andaning shmiloy g’arbida joylashgan. U Qarag’andaning asosiy yo’ldosh shaharlaridan biri hisoblanadi. Temirtov shahrida sanoatning yetakchi tarmog’i qora metallurgiya sanoati bo’lib u ikkita to’liq siklli zavodidin tashkil topgan. Ushbu zavodlarga xizmat qiluvchi ruda qazib olish (Atasuv, Qorojala,) ko’mirni kokslash batareyasi, ko’mirni aglamiratsiyalash fabrikalari, eletrostansiyalar bilan birgalikda Qarag’anda metallurgiya kombinati hosil qiladi.
Qarag’anda metallurgiya kombinati cho’yan, po’lat va prokat sexlaridan tashkil topgan. Shahar sanoatida sentetik kauchik va sulfat ammoniy ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kimyo sanoati muhim, ahamiyatga ega. Shahardagi kuyish-mexanika zavodi eletrostansiyalar uchun asbob-uskunalar ishlab chiqaradi. Shaharda to’qish va trikotaj fabrikalari mavjud.
Jezg’azg’an (aholisi 100mimg kishi) viloyat va mis eritish sanoatining markazi. Shahar 1938 -yilda boshlab tarkib topa boshladi. Shaharda mis zavodi va ikkita ruda boyitish fabrikasi joylashgan. Boytish fabrikalaridan mis va qo’rg’oshin rudalari saralanadi. Bundan tashqari shaharda qurilish materiallari korxonalari, trikotaj fabrikalari va katta quvvatga ega bo’lgan issiqlik elektr stansiyasi mavjud. Jezg’azg’an yaqinida unga yo’ldosh shahar tipidagi Rudniy, Satpayev manzilgohlari joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |