Qqs nima o‘zi? O‘z nomi bilan «qo‘shilgan qiymat solig‘i», ya'ni ma'lum tayyor mahsulot uchun qiymat yaratadigan har bir sub'yekt o‘zi qo‘shgan qiymati miqdoridangina soliq to‘laydi
Download 19.02 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- QQS nima o‘zi
- Bu qanday ishlaydi
111 2019 yil uchun asosiy soliq parametrlari rasman e'lon qilindi va tabiiyki, nafaqat soliq tizimidagi xodimlar yoki hisobchilar, balki eng pastki qatlamdagi yakka tadbirkorlar uchun ham muhim o‘zgarishlar kutilmoqda. Yangi soliq stavkalari, asosiy shartlar va majburiyatlar haqida to‘liq ma'lumotlarni topishingiz mumkin, bu yerda esa, shu paytgacha aksariyat iqtisodiy sub'yektlar uchun begona, endi esa, tushunarsiz bo‘lib qolayotgan QQS haqida qisqacha ma'lumot beramiz.
O‘z nomi bilan - «qo‘shilgan qiymat solig‘i», ya'ni ma'lum tayyor mahsulot uchun qiymat yaratadigan har bir sub'yekt o‘zi qo‘shgan qiymati miqdoridangina soliq to‘laydi. Misol uchun. Bolalar kiyimi ishlab chiqariladigan bir tizimda faoliyat ko‘rsatadigan barcha tadbirkorlar QQS emas, «Yagona soliq», ya'ni tovar aylanmasidan soliq to‘laydi, deb tasavvur qilaylik. Ip yigiruvchi korxona 800 so‘mlik ip ishlab chiqaradi, undan ipni sotib olib, mato to‘qiydigan korxona mato narxini 1200 so‘m deb belgilaydi. Matoni olib, boshqa korxona undan kiyim tikadi va 1500 so‘mga ulgurji savdo firmasiga sotadi. Ulgurji savdo bilan shug‘ullanayotgan korxona tovarni 1800 so‘mdan chakana savdo shoxobchalariga sotadi. Magazin o‘zining foydasini qo‘yib, aytaylik 2000 so‘mdan bolalar kiyimini xaridorga sotadi. Endi bu korxonalarning har biri yagona soliq to‘lovchisiligini inobatga olsak, (800+1200+1500+1800+2000 = 7 300) umumiy tovar aylanmasi 7300 so‘mni tashkil qilib, undan to‘lanadigan Yagona soliq 5 foiz, ya'ni, 365 so‘mni tashkil qiladi. Gap faqat yakuniy summada emas, e'tibor bergan bo‘lsangiz, dastlabki korxona ishlab chiqargan ip narxi keyingi hosil bo‘lgan har bir mahsulotning ichida o‘tiribdi va aslida, o‘sha 800 so‘mlik ip qiymatidan 5 marta 5 foizlik Yagona soliq olinyapti. Ip yigiruvchi korxona, mato tuquvchi, kiyim tikuvchi va savdo korxonalarining har biri «ipning qiymati» uchun ham 5 foiz soliq to‘lashmoqda. O‘z o‘zidan bu soliqlar yakunda xaridorning gardaniga tushadi. «Qo‘shilgan qiymat solig‘i» esa, sub'yektlarning faqat o‘zi qo‘shgan qiymati miqdoridan soliq hisoblashni taqozo qiladi. Bu yerda QQSning 20 foiz stavkada bo‘lishi vahimaga solmasligi kerak. Yuqoridagi misoldan kelib chiqsak, ip yigiruvchi korxona 800 so‘mdan, mato to‘quvchi korxona esa, o‘zi qo‘shgan qiymat, ya'ni, 400 so‘mdan, kiyim tikuvchi korxona 300 so‘mdan, misolimizdagi savdo korxonalari esa, 200 so‘mdan soliq hisoblaydilar. Umumiy hisoblaganda, o‘sha 2000 so‘mdan sotilgan bolalar kiyimidan 330 so‘m, balki undan kamroq soliq chiqadi. Ya'ni, foiz ko‘rinishida katta ko‘ringani bilan, soliq miqdori hatto «Yagona soliq»dan ham kamroqqa tushishi mumkin (albatta, QQS to‘lovchilarning yana mol-mulk, foyda solig‘i kabi qo‘shimcha soliqlari ham borligini esdan chiqarmadik, bu endi alohida mavzu va xos hisob-kitobni talab qiladi)
Amalda bu jarayonning hisob-kitobi va hisoboti qanday amalga oshadi? Korxona bir oy mobaynida sotgan mahsulotlar (yoki ko‘rsatgan xizmatlar) bo‘yicha barcha schet-fakturalarni yig‘ib chiqadi. Barcha schet-fakturalarning umumiy qiymati 120 million so‘m deylik. Undan 20 millioni o‘sha fakturalarda «QQS» sifatida aks ettirilgan. Bu - hisobot bo‘yicha Byudjyetga to‘lanadigan QQS qiymati. 22222 Joriy yilda jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer soliqlarini hisoblash tartiblariga qator o‘zgartirishlar kiritildi. Bu aholi orasida turli tushunmovchiliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘ldi. Qashqadaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Shuhrat Rajabov quyidagi ma’lumotlarni keltirib o‘tdi. Joriy yildan jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer soliqlarini hisoblash tartibiga qator o‘zgartirishlar kiritildi. Bu borada aholida juda ko‘p savollar paydo bo‘lmoqda. Shu vaqtgacha ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ, ya’ni kadastr idoralari tomonidan belgilanadigan soliq solish ob’ektlarining inventarizatsiya qiymati to‘lovchilar uchun soliq solinadigan baza hisoblangan. Endilikda, jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq mol-mulkning inventar qiymatidan emas, kadastr qiymatidan hisoblanishi joriy etilib, soliqning asosiy stavkasi 0,2 foiz qilib belgilandi (o‘tgan yili 1,7 foiz edi) va soliq hisoblashda kadastr qiymati 42 mln.so‘mdan kam bo‘lmasligi belgilab qo‘yildi. Mol-mulkning kadastr qiymati mavjud bo‘lmaganda, soliq shartli qiymatda hisoblanishi belgilangan. Joriy yildan Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyat markazlaridagi uy uchun 210 mln. so‘m, boshqa shaharlarda va qishloq joylarda 90 mln. so‘m miqdorida hisoblanishi o‘rnatildi. Shu bilan birga, soliq yuki 2018 yilda keskin oshib ketmasligi uchun kadastr qiymatiga asosan hisoblangan soliq summasi 2017 yildagi soliq summasiga nisbatan 20 foizdan ko‘p bo‘lmasligi belgilandi. Misol uchun, Qarshi tumanida joylashgan hovli-uyning kadastr qiymati 321,2 mln.so‘mni tashkil etib, 2018 yil uchun 429,1 ming. so‘m mol-mulk solig‘i hisoblanishi lozim edi, lekin, 2017 yilda ushbu mulk uchun hisoblangan soliq summasi 134,4 ming so‘m bo‘lgani uchun, 20 foizdan ko‘p bo‘lmasligi belgilanganligi inobatga olinib, 2018 yil uchun soliq 161,3 ming so‘m hisoblanadi. 333333333333 Soliq elementlari haqida gap borganda ko’pincha adabiyotlarda soliqqa tortish tizimi haqida so’z yuritiladi. Shu o’rinda soliqqa tortish tizimi haqida to’хtalib o’tadigan bo’lsak, soliqqa tortish tizimi soliq tizimiga nisbatan tor tushuncha bo’lib, aslida soliq tizimi tarkibini tashkil etadi. Soliq tizimi soliqqa oid barcha munosabatlarni qamrab olsa, soliqqa tortish tizimi esa ushbu munosabatlarni soliqlarni undirish bo’yicha iqtisodiy-huquqiy munosabatlarini o’z ichiga oladi. Shu jihatdan soliqqa tortish tizimi qonun chiqaruvchi hokimiyat tomonidan qonun yo’li bilan belgilangan hamda ijro hokimiyati tomonidan soliqlarni tashkil etish usullari, elementlari va tamoyillari majmuasidan iborat. Soliqqa tortish tizimining mohiyati garchand o’zgarmas bo’lib ko’rinsada, uning shakl-shamoyili va yo’nalishi davlatning ijtimoiy- iqtisodiy siyosatiga, qolaversa soliq siyosatining mazmuniga bog’liq bo’ladi. Chunki, soliqqa tortish tizimi o’z ichiga tarkiban soliq elementlari, soliqlarni tashkil etish tamoyillari va usullarini oladi, bu elementlarning qay darajada talqin etilishi esa bevosita davlat siyosati yo’nalishiga bog’liq. Masalan, soliq elementlariga kiruvchi soliq stavkasining qaysi turlarining ko’proq amal qilishi, soliq imtiyozlarining belgilanishi, soliqlarni undirishni qaysi usullaridan ustuvorlik bilan foydalanish asosan ijro hokimiyati faoliyatining mazmuniga bog’liq. Binobarin, shu ma’noda хuddi soliqlarni vazifalari kabi soliqqa tortish tizimi ham har bir davlatda o’ziga хos tarzda amal qilishi va tashkil etilishi mumkin. Demak, yuqoridagilardan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, davlat qonunchiligi bilan belgilangan va uning maхsus idoralari tomonidan undiriladigan soliqlarni tashkil etish usullari, elementlari va tamoyillari majmuiga soliqqa tortish tizimi deb ataladi. Soliqqa tortish tizimining asosiy bo’g’ini hisoblangan soliq elementlari esa soliqqa tortishda ifodalanadigan tushunchalar bo’lib, ular soliq to’lovchilar va davlat byudjeti o’rtasidagi iqtisodiy-huquqiy munosabatlarda namoyon bo’ladi. Soliq nazariyasida soliqqa oid munosabatlarni to’liq va teranroq ifoda etish uchun iqtisodiy voqeliklarni har bir kichik guruhlari muayyan nomdagi iboralar bilan izohlanadi. Soliq elementlari ham хuddi shunday soliqqa oid iqtisodiy hodisalarni izohlashga хizmat qiluvchi yaхlit tushunchadir. Soliq elementlari tushunchasi soliqqa tortish tizimini muhim tarkibiy qismi bo’lib, uning o’zi ham kichik tizimni tashkil etadi, ya’ni soliq elementlari ham bir necha iqtisodiy kategoriyalarni yaхlit holdagi harakatini bildiradi. Soliq elementlari bir nechta tushunchalardan iborat bo’lib, ular tarkiban: soliq sub’ekti, soliq ob’ekti, soliq predmeti, soliq manbai, soliqqa tortish birligi, soliq stavkasi, soliq imtiyozlari, soliq normasi, soliqni to’lash. muddatlari, soliq yuki, soliq bazasini hisoblash usullari, soliqqa tortish usullari va shu kabi tushunchalarni qamrab oladi. Quyida soliq elementlarining har biriga qisqacha to’хtalib o’tamiz. Soliq sub’ekti - soliq to’lash majburiyati yuklangan yuridik va jismoniy shaхslar yoki boshqacha qilib aytganda soliq sub’ekti - bu soliqqa oid munosabatlarning tashkil etuvchi tomonlarning o’zaro majmuasi bo’lib, unda bir tomondan soliq to’lovchilar (yuridik va jismoniy shaхslar) boshqa tomondan soliqni undirish vakolati yuklangan soliq хizmati organlari - Davlat soliq qo’mitasi, soliq boshqarmalari, tuman va shahar davlat soliq inspeksiyalari qatnashadi. O’z faoliyatida barcha yuridik va jismoniy shaхslar soliq sub’ekti sifatida namoyon bo’lmaydi. Chunki, bu yerda soliqlardan batamom ozod etiluvchi yuridik va jismoniy shaхslar mavjudki, ular soliq sub’ekti sifatida soliq munosabatlarida ishtirok etmaydilar. Ammo, barcha soliq хizmati organlari soliq sub’ekti sifatida qatnashadi. 4444444444 Soliqlaming iqtisodiy mohiyati davlat bilan huquqiy va jismoniy shaxslar o‘rtasida vujudga keluvchi obyektiv majburiy to`lovlarga asoslangan moliyaviy munosabatlar orqali xarakterlanadi. Bu moliyaviy munosabatlar maxsus ijtimoiy xarakterga ega bo`lib, milliy daromadning bir qismi bo‘lgan pul mablag`larini davlat ixtiyoriga safarbar qilishga xizmat qiladi. Soliqlaming mohiyati ulaming bajaradigan funksiyalaridan kelib chiqadi. Hаг bir iqtisodiy kategoriyaning o‘z funksiyasi mavjud. Soliq mustaqil kategoriya sifatida o‘zi bajaradigan funksiyalarga ega bo‘lib, bu funksiyalar soliq kategoriyasining amaldagi harakatini ifodalaydi. Funksiya deganda, odatda, kategoriyaning ko‘p qaytariladigan, takrorlanadigan doimiy harakatlarini tushunish lozim. Soliqlaming funksiyalari to‘g‘risida fanda turli xil qarashlar mavjud. Sobiq Ittifoq davrida soliqlar ikki xil funksiyani bajaradi degan qarash keng tarqalgan edi. Bu ikki funksiya sifatida fiskal va nazorat funksiyalari tan olinardi. Eng asosiy funksiya bu soliqlarning fiskal funksiyasidir, chunki bu funksiyasiz nazorat funksiyasining mavjud bo`lishi mumkin emas, deb qaralardi. G‘arb iqtisodchilari ko‘pchiligining nazariyalari angliyalik iqtisodchi J. M. Keynsning konsepsiyasiga asoslanadi. Bu konsepsiyaga ko‘ra soliqlar fiskal funksiyasidan tashqari iqtisodiyotni tartibga solish, rag‘batlantirish va daromadlami boshqarish vositasi funksiyalariga ega, soliqning bu funksiyalari uni iqtisodiyotni tartibga solish va iqtisodiy barqaror o‘sishni ta’minlash vositasi sifatida foydalanish zarurligidan kelib chiqadi. Neokeynschilik yo`nalishi vakillari bo‘lgan L. Xarrot, N. Kaldor, A. Xansen va P. Samuelsonlaming fikriga ko‘ra soliqlar iqtisodiyotni tartibga solish funksiyasiga ega. Ular soliq stavkalarini o‘zgartirish va turli xil imtiyozlar berish yo`li bilan bu funksiyani bajarish mumkin, deb hisoblaydilar. Soliqlaming daromadlarni boshqarish funksiyasini yuzaga kelishiga fransuz iqtisodchisi E. De. Jirardenning nazariyasi asos bo‘lgan. Bu nazariyaga ko‘ra soliqlar yordamida soliqqa tortishning progressiv shkalasini qo‘llash yo‘li bilan jamiyat a’zolari o`rtasidagi mulkiy tengsizlikka barham berish mumkin. Hozirgi kunda bu nazariyaning davomchilari bo‘lib amerikalik iqtisodchilar A. Ilersik, G. Koul, fransuz iqtisodchilari M. Klyudo, J. Furastye hisoblanishadi. Ularning fikriga ko‘ra davlat soliqlardan va transfer to`lovlaridan foydalanish yo`li bilan jamiyat milliy daroma- dini kambag`allar foydasiga qayta taqsimlaydi. Bu naza- riyalar soliqlaming daromadlarni tartibga solish funksiyasi mavjud, degan xulosa kelib chiqishiga sabab bo‘ldi. I. Malmiginning fikriga ko‘ra soliqlar uch funksiyani bajaradi, ya’ni fiskal, taqsimlash va rag‘batlantirish funksiyalaridir. Uning fikriga ko‘ra birinchi funksiya davlat daromadlari manbalarining tashkil topishi bilan bog‘liq, ikkinchisi huquqiy va jismoniy shaxslaming daromadlarini taqsimlashni nazarda tutadi. Rag`batlantirish funksiyasi turli imtiyozlar va yengilliklar berish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 0‘z-o‘zidan ko`rinib turibdiki, G‘arb iqtisodiy adabiyotlaridagi daromadlarni boshqarish funksiyasi I. Malmiginda taqsimlash funksiyasi sifatida namoyon bo`lmoqda. Soliqlarning funksiyalari ularning mohiyatini amaliyotda harakat qilayotganligini ko`rsatadi. Shunday ekan, funksiya doimo yashab, soliq mohiyatini ko‘rsatib turishi zarur. Demak, funksiya kategoriyasi doimiy, qat’i takrorlanib turadigan voqelikni ifodalaydi. Shunday uslubiy yondashishdan kelib chiqib soliqlar funksiyasini aniqlash kerak. Soliqlaming funksiyalari masalasida hozirga qadar olimlar o‘rtasida katta bahslashuvlar mavjud, lekin yagona bir fikrga kelingan emas. Ko`pchilik iqtisodchilar soliqlarga fiskal, boshqaruvchi, rag‘batlantiruvchi, nazorat funksiyalari xos deb ta’rif berishadi. Download 19.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling