Qualcomm dasturiy ta’minot va ilovalari haqida batafsil ma’lumot
Download 17.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qualcomm Technology Reporting (QTR) -- Diagnostik statistika
- Snapdragon Smart Protect
- XTRA – Bashorat qilingan GNSS sun’iy yo‘ldosh orbita ma’lumotlari
Qualcomm dasturiy ta’minot va ilovalari haqida batafsil ma’lumot Qualcomm Incorporated kompaniyasining filiallari mobil qurilma ishlashini yaxshilashga yordam beruvchi, batareya quvvatini saqlovchi, qurilma xavfsizligini yaxshilovchi yoki boshqa takliflarni taqdim qiluvchi turli dasturiy ta’minot va ilovalarni yaratadi. Ana shu dasturiy ta’minot ilovalariga quyidagilar kiradi:
QTR – bu Qualcomm Technologies, Inc. kompaniyasining AQSHda va Qualcomm Europe kompaniyasining Yevropa iqtisodiy hududida taqdim qilinuvchi texnologiyadir. QTR quyidagilarni yig‘ishi mumkin: (i) qurilmaga o‘rnatilgan va/yoki ishlayotgan ilovalarning nomlari, (ii) konfiguratsiya ma’lumotlari (turi, modeli, operatsion tizimi va versiyasi, apparat va versiyalar, uyali operator, mamlakatning mobil aloqa kodi va tarmog‘i, arxitektura seriya raqami (sizning shaxsingizni aniqlamaydi)), (iii) qurilmaning ishlash statistikasi (CPU, GPU yoki modem ishlashi samaradorligi) va (iv) sizning shaxsingizni aniqlamaydigan sensor ma’lumoti telefoningiz atrofidagi harakatni, joyni aniqlanishini va atrof-muhit sharoitlarini o‘lchaydi. Ma’lumot shifrlangan Wi-Fi tarmog‘i yoki cheklangan miqdorda uyali tarmog‘ingiz orqali yuklanadi. QTR yig‘adigan ma’lumotlarni mazkur Siyosatda tavsifi kelgan maqsadlarda foydalanamiz, jumladan, simsiz aloqa ishlashini yaxshilash, batareya quvvatini tejash, xavfsizlikni kuchaytirish va biznes ishlarimizni yaxshilash uchun mobil texnologiyalarning keyingi avlodlarini ishlab chiqish uchun foydalanamiz. Shuningdek, biz uyali operatorlar va qurilma ishlab chiqruvchilariga uyali qurilmalarini, tarmoqlarini va xafvsizliklarini yaxshilash uchun QTR ma’lumotlarini ular bilan baham ko‘rishimiz mumkin. QTR “Qualcomm Technologies Reporting” sarlavhasi ostidagi Android sozlamalarida ma’lumot yig‘ishni o‘chirib qo‘yish bandini taklif qiladi. Uni o‘chirib qo‘yish qurilma ishlashiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Ba’zi izohlar: Ayrim modem ishlash statistikasi QTRni “xalqaro mobil abonent identifikatori” yoki “IMSI” deb nomlangan ba’zi noyob identifikatorlarini ham yig‘ishi mumkin. IMSI kodlarini olishimiz bilanoq yo‘q qilamiz. Shuningdek, har qanday internetga ulanish paytida qurilmaning IP manzilini ham olamiz, ularni ham darhol yo‘q qilamiz. Ayrim QTRlar qurilmaning “xalqaro mobil qurilmasini aniqlovchi kodini” (IMEI) yig‘ish qobiliyatiga ega, biroq hozir ushbu qobiliyatdan foydalanilmaydi. Agar kelgusida IMEI kodini yig‘sak, u kerakli maqsadlarda va barcha amaldagi himoya va maxfiylik qonunlariga muvofiq yig‘iladi. Va oxiri, QTRning ayrim versiyalari qurilmangiz joylashuv ma’lumotini bizga yuborish parametriga ruxsat berish imkonini beradi. Agar siz bizga joylashuv ma’lujmotini yuborish parametrini tanlasangiz, bizga past uyali aloqa signaliga ega hududlarni aniqlashda yordam bo‘lishi uchun tez-tez yig‘iladi.
Snapdragon Smart Protect Qualcomm® Snapdragon™ Smart Protect – bu Android tizimiga asoslangan qurilmalar (“Smart Protect”) uchun xavfsizlik dasturiy ta’minoti xizmati bo‘lib, Qualcomm Technologies, Inc. kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgandir. Smart Protect qurilmalarga o‘rnatilgan Android ilovalarining harakatlarini kuzatib boradi va potensial zararli josuslik qiluvchi, reklama va xakerlik dasturlarini aniqlashda foydalanadi. Smart Protect bunday harakatlarni mijozlarimizning uchinchi tomon xavfsizlik ilovalariga hisobot beradi. Smart Protect dasturini yaxshilashga va ushbu Maxfiylik bayonnomasida tavsifi kelgan boshqa foydalanishlarda yordam bo‘lishi uchun Smart Protect bizga potensial zararli dasturning aniqlanganligi haqida xulosa yuboradi, jumladan, ilova nomi va signal berishga sabab bo‘ladigan ilova harakati, qurilma haqidagi turi, modeli, operatsion tizimi va versiyasi kabi asosiy ma’lumotlar hamda qurilmaning til sozlamasi, operatori va mamlakat kodi kabi konfiguratsiya ma’lumotlari haqidagi xabarlar.
Vellamo – bu Android tizimiga asoslangan qurilmalar (“Vellamo”) taqqoslash dasturiy ta’minoti ilovasi Qualcomm Innovation Center, Inc. kompaniyasi tomonidan taqdim qilingan bo‘lib Vellamo qurilma tizimining ishlashini tahlil qiladi va hisobot yuboradi. Shuningdek, siz qurilmangizning ishlashini biz sinagan boshqa qurilmalar bilan taqqoslashingiz mumkin, bunday qilish orqali qurilmangiz bizga sinov natijalarini va tizim ma’lumotlarini yuborishi mumkin. Bunday tizim ma’lumotlariga quyidagilar kiradi: qurilma ishlab chiqaruvchisining nomi, modeli va versiyasi; qurilmangizdagi protsessor, xotira va mavjud sensorlar va operatsion tizimi versiyasi kabi apparat haqidagi ma’lumoti; ekran ma’lumoti; internet protokol manzili, brauzer foydalanuvchi agenti, qurilma ulanadigan uyali tarmoq haqidagi ma’lumot. Ma’lumotlardan ushbu Siyosatda tavsifi kelgan maqsadlarda foydalanamiz, jumladan, mobil qurilmaning ishlashi haqidagi “real-dunyo” statistikasini tuzish va taqqoslash xizmatini taqdim qilishda foydalaniladi. XTRA – Bashorat qilingan GNSS sun’iy yo‘ldosh orbita ma’lumotlari XTRA texnologiyasi bu AQSHdagi Qualcomm Technologies, Inc. tarafidan va Yevropa Iqtisodiy hududda Qualcomm Europe tomonidan mobil qurilmaning ishlashini yaxshilash uchun taqdim qilingandir. XTRA texnologiyasi Global navigatsion sun’iy yo‘ldosh tizimi (GNSS) yo‘ldoshlarining bashorat qilingan orbitalariga ega Qualcomm’dan ma’lumot fayllarini yuklab oladi. XTRA ma’lumot faylidan foydalanish qurilmaning joylashuvini hisoblash uchun ketadigan vaqtni qisqartiradi, shu bilan joylashuvga asoslangan ilovalardan foydalanganda vaqt va batareyani tejaydi. XTRA dasturiy ta’minoti shuningdek, bizga kichik hajmdagi ma’lumotni yuklaydi. Yuklangan ma’lumotlardan sifatni, xavfsizlikni va xizmat yaxlitligini taqdim qilish va yaxshilash kabi ushbu Siyosatda tavsifi kelgan maqsadlarda foydalanamiz. XTRA quyidagi ma’lumot turlarini yuklaydi: tasodifiy hosil qilingan noyob identifikator, chipset nomi va seriya raqami, XTRA dasturiy ta’minot versiyasi, mamlakat va mobil operator kodi (mamlakatingiz va uyali operatoringizni aniqlash imkonini beradi), operatsion tizim turi va versiyasi, qurilma turi va
modeli, ilovaning, protsessor va modemning oxirgi marta ishga tushirilgan vaqti va qurilmadagi dasturiy ta’minotimiz ro‘yxati. ©2017 Qualcomm Technologies, Inc. va/yoki uning filial kompaniyalari. Download 17.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling